Turdiev Saydali Ashurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda sharq jiydasining (Elaeagnus orientalis L) istiqbolli shakllarini tanlash va vegetativ ko‘paytirish», 06.03.01–O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlari barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx123.
Ilmiy rahbar: Qayimov Abdixalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Farxod Isomiddinovich, biologiya fanlari doktori; Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis L) ning genofondi, istiqbolli shakllarini tanlash, mevalarini biomorfologik tadqiq etish, kompleks baholash hamda vegetativ uslubda ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis L) ning 8 ta viloyatdagi meva va urug‘larini morfologiyasi, mevalarini terishni baholash, istiqbolli shakl mevalarini ajratish, novda qalamchalarini tayyorlash, ularni o‘lchamlari, ekishning maqbul muddatlari va qalamchalarni tutib ketishi hamda rivojlanish xususiyatlari samaradorligi aniqlangan;
jiydaning yog‘ochlashgan novda qalamchalarini ildiz oldirish uslublari va ko‘chatlarini etishtirishda maqbul qalamcha uzunligi hamda diametrini ularni o‘sishiga ta’sir etishi aniqlangan;
jiydaning genetik resurslarini asosida Respublikamiz voxalaridan 87 ta xo‘jalik-biologik qimmatli belgilarga ega musbat shakllari tanlangan, kompleks baholangan va seleksiya maqsadlari uchun istiqbolli shakllari ajratilgan;
jiyda mevalarini yangi terilgan va bir yil saqlangan holatdagi mikroelementli biokimyoviy tarkibi viloyatlar kesimida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharq jiydasini vegetativ ko‘paytirish va standart ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
jiydaning ististiqbolli shakl ko‘chatlari Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi «Serhosil o‘lka» nomli bog‘dorchilik fermer xo‘jaligiga 0,40 gektar maydonda kolleksiyasi barpo etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa er egalari kengashining 2018 yilning 8 fevraldagi 01/01-119/18-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu istiqbolli shakl daraxtlaridan klonlar olish va ko‘paytirish, meliorativ holati og‘ir erlarda himoya daraxtzorlari barpo etishda foydalanilgan;
jiydaning ististiqbolli shakl ko‘chatlari «Darxon» tajriba xo‘jaligiga (30 tup), Akademik, M.M Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga 80 tup, Ugam Chotqol Davlat tabiiy milliy bog‘iga (bioxilma-xillikni saqlash maqsadida 30 tup), O‘zfarmsanoat «DAK» qoshidagi «Dorivor o‘simliklar» ma’suliyati cheklangan jamiyatida 0,15 gektar maydonda joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2017 yilning 16 noyabridagi 03/18-2752-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bioxilma-xillikni saqlash, daraxtlardan klonlar olish va ko‘paytirish, sho‘rlangan erlarga ekish, jiydaning hosildorligi gektariga 4,5–5,0 tonna, iqtisodiy samaradorligi o‘rtacha 22621,7 ming so‘mni tashkil etgan;
jiydani novda qalamchalarini ildiz oldirish va ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi ToshDAU qoshidagi «Ilmiy tadqiqot va o‘quv tajriba stansiyasida» 0,40 gektar, Botanika instituti huzuridagi «Toshkent botanika bog‘ida» 0,10 gektar, va «Saksonota» davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasida 0,06 gektar, jami 0,56 gektar ko‘chatzor maydonida joriy etilgan (O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2017 yilning 16 noyabri-da 03/18-2752-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chatzordan standart ko‘chatlarni gektariga 76 ming dona chiqishiga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha 81516,0 ming so‘mni tashkil etgan.