Kulonov Abdulaziz Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy galofil bakteriyalar polisaxaridlarning istiqbolli produsentlari», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/V415.
Ilmiy rahbar: Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamuratovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuxammedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Nasmetova Soadat Mamajanovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekzopolisaxaridlar hosil qiluvchi mahalliy galofil bakteriyalar ajratib olish va ularning EPS hosil qilish potensialini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda Halovibrio, Salinicola va Halomonas avlodlariga mansub galofil bakteriyalar toza kul`tura holida ajratib olindi va ular asosida galofil bakteriyalar kolleksiyasi yaratilgan;
mahalliy galofil bakteriya shtammlari orasida EPS hosil qilish potensialiga ko‘ra skrining qilingan va natijada Halovibrio variabilis UzAS3 eng faol shtamm sifatida tanlab olingan;
ilk bor Halovibrio variabilis galofil bakteriyasining EPS hosil qilishi kuzatildi va EPS hosil qilish optimal sharoitlari aniqlangan;
Halovibrio variabilis UzAS3 shtammidan ajratib olingan EPSning fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlandi va ularda antioksidant, sitotoksik kabi biologik faolliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy galofil bakteriyalar polisaxaridlarning istiqbolli produsentlari aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekzopolisaxarid hosil qiluvchi galofil bakteriya Halovibrio variabilis UzAS3 shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№ FAP 01761, 2021 y.). Natijada, mahalliy galofil bakteriya Halovibrio variabilis UzAS3 shtammi asosida EPS olish texnologiyasini yaratish imkonini bergan;
Orol dengiziga yaqin tuzli ko‘ldan ajratib olingan Halovibrio variabilis galofil bakteriya shtammi 16S rRNK nukleotidlar ketma-ketligi National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasiga Halovibrio variabilis UzAS3 sifatida MW722894.1 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 08 noyabrdagi 4/1255-3067-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu shtamm galofil va galotolerant bakteriyalar kolleksiyasini boyitishi va elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakillantirish imkonini beradi;
soyaning “Selekta” navini etishtirishda Bradyrhizobium japonicum + 1% EPS asosida tayyorlangan biopreparati Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Kumushkent Xumo-qushi” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 07 oktyabrdagi 07/25-04/7246-son ma’lumotnomasi). Natijada, soya urug‘lariga ekishdan oldin purkash orqali qo‘llanilganda hosildorlikni 3,0 s/ga oshirish imkonini bergan.