Kuzibekov Sardor Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Soya donini aspiratsion tozalash va separatsiyalash qurilmasini takomillashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T1286.
Ilmiy rahbar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik jarayonni optimallashtirish asosida soya urug‘larini aspiratsion tozalash va separatsiyalash qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik urug‘larining aspiratsion qurilma tokchalarining sirti bo‘ylab harakatlanishida havo oqimi harakatini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
SolidWorks tizimida aspiratson qurilmaning kom`pyuter modeli ishlab chiqilgan;
havo harakatining kritik tezligi, mahsulot sarfi, perforatsiyalangan devorlarning qiyalik burchagi aniqlangan va ilmiy asoslangan;
soya urug‘ini fraksiyalarga ajratish jarayonining oqilona rejimi aniqlangan va asoslangan;
soya urug‘larni boshqa aralashmalardan tozalash va massasiga ko‘ra fraksiyaglarga ajratishda kombinatsiyali aspiratsion-separator qurilmasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soya donlarini tozalash hamda massasi va o‘lchami bo‘yicha fraksiyalarga ajratish jarayoni va qurilmasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soyani tozalash va fraksiyalarga ajaratish qurilmasi “Guliston ekstrakt yog‘” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 26 maydagi KS/3-448-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan kombinatsiyalangan separatorda soyaning fizik-kimyoviy, mexanik, aerodinamik, elektrofizik, magnitlovchi tarkibiga ko‘ra 97-98% organik, mineral va dag‘al dispersion aralashmalardan tozalash imkonini bergan;
aspiratsion tizimi takomillashtirilgan kombinatsion separatsiyalash apparati “Yangi yo‘l yog‘-moy” AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2022 yil 26 maydagi KS/3-448-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan qurilmaning gidrodinamik oqim rejimlari o‘rganib chiqilgan hamda amaldagi qo‘llanilib kelinayotgan separatsiyalash qurilmalariga nisbatan elektr energiyasini 70%-gacha tejash imkonini bergan.