Axmedova Nilufar Sharipovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi    himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligini erta laborator tashxislashga zamonaviy yondashuvlar va patogenetik davolashning samaradorligini baholash”, 14.00.05- Ichki kasalliklar; 14.00.25-Klinik laborator va  funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Tib458.
Ilmiy maslahatchilar: Gadaev Abdig‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori,  professor;  Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari               doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat            tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; G‘afforova Feruza Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ali O‘zdemir, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gipertoniya kasalligi, qandli diabet va surunkali glomerulonefritlarda nefropatiyani an’anaviy va zamonaviy markerlarini solishtirma o‘rganish va ularda surunkali buyrak kasalligi rivojlanish mexanizmlari, erta tashxislashga zamonaviy yondashuvlar, hamda patogenetik davolashning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gipertoniya kasalligi,  II tip qandli diabet va surunkali glomerulonefritga chalingan bemorlarda xastalikning erta bosqichlarida an’anaviy (kreatinin, uning yordamida aniqlanadigan koptokchalar fil`tratsiyasi va buyraklar funksional zaxirasi, mikroal`buminuriya /al`buminuriya va β1-transformovlovchi o‘sish omili) hamda zamonaviy (sistatin S, uning yordamida aniqlangan koptokchalar fil`tratsiyasi va buyraklar funksional zaxirasi, nefrinuriya, tomir endotelial o‘sish omili, IV-tip kollagen) nefropatiya markerlarini kasallik davomiyligidan kelib chiqib solishtirma aniqlangan;
    gipertonik nefropatiya, diabetik nefropatiya, surunkali glomerulonefritda har bir xastalik uchun alohida surunkali buyrak etishmovchiligining erta markerlari va ularning paydo bo‘lish davri aniqlangan; 
    o‘rganilgan uchala kasallikda podotsitlar disfunksiyasi, buyraklar funksional zaxirasi, IV-tip kollogen ko‘rsatkichlari tashxisiy va bashoratlovchi ahamiyati  bir-biridan birmuncha farq qilishi aniqlanib, nefroprotektiv muolajalarning an’anaviy va zamonaviy nefropatiya markerlariga ijobiy ta’siri asoslangan;
    ilk marotaba o‘zbek populyasiyasida yuqoridagi kasalliklarda nefropatiya rivojlanishi mexanizmida APOL1 geni  polimorfizmi  uchrash darajasi  va nefropatiya kelib chiqishidagi ahamiyati isbotlangan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligini erta tashxislashga zamonaviy yondashuvlar va patogenetik davolashning samaradorligini baholash” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
noimmun etiologiyali nefropatiyalarda buyrak koptokcha va kanalchalari faoliyatini baholashning zamonaviy laborator tashxisot bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Noimmun etiologiyali nefropatiyalarda buyrak koptokcha va kanalchalari faoliyatini baholashning zamonaviy laborator tashxisot usullarini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 27.06.2021 yildagi 8n-r/740-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarda klinik belgilarsiz kechayotgan nefropatiyalarni erta laborator tashxislash,  olib borilgan patogenetik davo ta’sir natijalari bilan buyrak faoliyatida ijobiy o‘zgarishlarga erishish imkonini beragan;
turli etiologiyali surunkali buyrak kasalliklarida  buyrak faoliyatini aniqlash va nefroprotektor terapiya natijalarini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Turli etiologiyali surunkali buyrak kasalliklarida  buyrak faoliyatini aniqlash va nefroprotektor terapiya natijalarini baholashda buyrak funksional zahirasini aniqlash usullarini qo‘llashning ahamiyati” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 27.06.2021 yildagi 8n-r/735-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallik kechki davrlarida davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beragan;
surunkali  glomerulonefritning erta bosqichlarida zamonaviy nefropatiya markerlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Surunkali  glomerulonefritning erta bosqichlarida zamonaviy nefropatiya markerlarini aniqlashning amaliy ahamiyati va ularga patogenetik muolajalar samaradorligini baholash”  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 8n-r/969-son ma’lumotnomasi) va “Gipertoniya kasalligining erta bosqichlarida zamonaviy nefropatiya markerlarini aniqlashning amaliy ahamiyati va ularga patogenetik muolajalar ta’siri samaradorligini baholash”   (Sog‘liqni saqlash vazirligining 12.09.2022 yildagi 8n-r/968 -son ma’lumotnomasi) mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanomalar  kasallikda  rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan;
ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmalari terapiya bo‘limi va markaziy poliklinikalarida amaliyotga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 sentyabrdagi 8n-z/476-son ma’lumotnomasi). Olib borilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etilishi kasallikni erta tashxislash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish