Yuldasheva Inoyat Zakiryaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv iste’molchilari uyushmalarida buxgalteriya hisobi va boshqaruv tahlilini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1121.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergasheva Shaxlo Turgunovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suv iste’molchilari uyushmasida buxgalteriya hisobi va boshqaruv tahlilini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavciyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv iste’molchilaridan tushgan daromadlarni alohida yuritish uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shakliga qo‘shimcha ravishda “Moliyaviy aktivlar” bo‘limida 147-“Suv ist’molchilaridan tushgan tushum” nomli yangi satrni kiritish taklifi asoslangan;
suv iste’molchilari uyushmalari buxgalteriya hisobini yuritishda 8850-“Birgalikdagi faoliyat bo‘yicha sheriklikning maqsadli tushumlari”, 8860-“Suv iste’molchilaridan tushumlar”, 8870-“Ko‘zda tutilmagan maqsadli tushumlar” nomli ishchi schyotlardan foydalanish taklif etilgan;
suv iste’molchilari uyushmasi tomonidan sarflangan suv tannarxini to‘g‘ri va to‘liq shakllantirish maqsadida davr xarajatlarini iste’mol qilingan suv tannarxiga nisbatan taqsimlash orqali aks ettirish taklifi ishlab chiqilgan;
suv iste’molchilari uyushmasida byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘larning sof foydaga ta’sirini aniqlash orqali kelgusidagi xarajat, daromad va sof foydaning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv iste’molchilari uyushmasi faoliyatining buxgalteriya hisobini tashkil etish va boshqaruv tahlili metodikacini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar acocida:
suv iste’molchilari uyushmalari buxgalteriya hisobini yuritishda 8850-“Birgalikdagi faoliyat bo‘yicha sheriklikning maqsadli tushumlari”, 8860-“Suv iste’molchilaridan tushumlar”, 8870-“Ko‘zda tutilmagan maqsadli tushumlar” nomli ishchi schyotlardan foydalanishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishga doir ishchi schyotlar rejasi va hisob siyosatini ishlab chiqish amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi EZ61847001-sonli ma’lumotnomasi xamda Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havzasi boshqarmasining 2021 yil 06 iyuldagi 82/01-09-1127-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida suv iste’molchilari uyushmalarida hisob registrlarini ularga mos variantini ishlab chiqish, ishchi schyotlar rejasi va suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan tushumlarni alohida hisobga olish hamda ularni umumlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqishda foydalanilgan;
suv iste’molchilari uyushmasida byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘larning sof foydaga ta’sirini aniqlash orqali kelgusidagi xarajat, daromad va sof foydaning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi EZ61847001-son ma’lumotnomasi hamda Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2021 yil 06 iyuldagi 82/01-09-1127-son ma’lumotnomasi) va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan 2021 yil 23 avgustdagi 38-sonli ma’lumotnomasi asosida suv iste’molchilari uyushmasida byudjetlashtirish, zararsizlik nuqtasini aniqlash, kelgusidagi xarajatlarni prognozlashtirish bo‘yicha uslubiy nizom (O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasining) ishlab chiqishda foydalanilgan. Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida suv iste’molchilari uyushmalarida zararsizlik nuqtasini aniqlash orqali kelgusidagi xarajat, daromad va sof foydani 2026 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan;
suv iste’molchilari uyushmasi tomonidan sarflangan suv tannarxini to‘g‘ri va to‘liq shakllantirish maqsadida davr xarajatlarini iste’mol qilingan suv tannarxiga nisbatan taqsimlash orqali aks ettirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2021 yil 06 iyuldagi 82/01-09-1127-son ma’lumotnomasi) va O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan (O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasining 2021 yil 23 avgustdagi 38-son ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy etilgan. Mazkur suv iste’molchilari uyushmalarida davr xarajatlarini iste’mol qilingan suv tannarxiga nisbatan taqsimlash bo‘yicha taklifi boshqaruv hisobida xarajatlarni to‘g‘ri hisoblash va davr xarajatlarini taqsimlash metodikasini ishlab chiqishda foydalanilgan;
suv iste’molchilaridan tushgan daromadlarni alohida yuritish uchun moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shakliga qo‘shimcha ravishda “Moliyaviy aktivlar” bo‘limida 147-“Suv ist’molchilaridan tushgan tushum” nomli yangi satrni kiritishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havzasi boshqarmasi tomonidan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi EZ61847001-son ma’lumotnomasi hamda Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havzasi boshqarmasining 2021 yil 06 iyuldagi 82/01-09-1127-son ma’lumotnomasi) amaliyotga joriy etilgan. Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish suv iste’molchilari uyushmalarida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining “Moliyaviy aktivlar” bo‘limida “Suv iste’molchilaridan tushgan tushum” nomli 147-satrda alohida hisobga olish va irrigatsiya hamda melioratsiya ishlarini tannarxini pacaytirish imkonini beradigan xarajatlar tarkibi tahlilini amalga oshirishda foydalanilgan.