Cattarov Shuhrat Hasanovichning
falsafa doktori  (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt242.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Qulmamat Janzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Muhammedov Murod Muhammedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasini  samarali rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, uslubiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslash-gan klasterlarni shakllantirish hamda transport-logistika klasterining muvofiqlashtiruvchi markazini tashkil qilgan holda barcha ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish, ishtirokchilarning kelishilgan harakatlari yagona axborot makonini shakllantirishning iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi asoslab berilgan;
hududiy transport-logistika klasterlari faoliyat tuzilmasi iste’mol-chilarning turli iqtisodiy sharoit va vaziyatlar ta’sirida o‘zgarib turuvchi talablarini muntazam ravishda tashkiliy tuzilma funksiyasiga ko‘ra hisobga olish hamda o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bo‘g‘ini negizida takomillashtirilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari samaradorligi o‘zgarishiga iqtisodiy, moliyaviy, ilm-fan, ta’lim va mehnat resurslari omillarining bevosita ta’siriga ko‘ra samaradorlikning ichki imkoniyatlaridan foydalanish joriy darajasidan  optimal darajasiga  etkazish asoslangan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatida raqamli va innovatsion texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirishda tarmoqlar bo‘yicha umumiy va ixtisoslashtirilgan talab va sharoitlarini ajratish hamda tabaqalash-tirilgan tadbirlarni ishlab chiqish orqali dasturiy yondashuvning samaradorligi asoslangan;
xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulot hajmiga ta’sirining ko‘p omilli regressiya modeli asosida aloqa va axborotlashtirish, moliyaviy va transport xizmatlari ko‘rsatish hajmining 2025 yilga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikada xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlanma va xulosalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslash-gan klasterlarni shakllantirish hamda transport-logistika klasterining muvofiqlashtiruvchi markazini tashkil qilgan holda barcha ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish, ishtirokchilarning kelishilgan harakatlari yagona axborot makonini shakllantirish taklifidan Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan vakolatiga ko‘ra turizmni rivojlantirish-ning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan soha va tarmoqlarda innovatsion ishlanmalarni joriy etish chora-tadbirlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 02-02/214-son ma’lumotnomasi; Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 04-18/5314-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ixtisoslashgan klasterlarni tashkil etish asosida faoliyat samaradorligini oshirish hamda transport-logistika klasterining muvofiqlashtiruvchi markazi negizida ishlab chiqarish jarayonlarini optimal tashkil etish va ishtirokchilar harakatlari yagona axborot makonini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan; 
hududiy transport-logistika klasterlari faoliyat tuzilmasini iste’molchilarning turli iqtisodiy sharoit va vaziyatlar ta’sirida o‘zgarib turuvchi talablarini muntazam ravishda tashkiliy tuzilma funksiyasiga ko‘ra hisobga olish hamda o‘zaro munosabatlarni tartibga solish bo‘g‘ini negizida takomillashtirish taklifidan Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan vakolatiga ko‘ra turizmni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan soha va tarmoqlarda innovatsion ishlanmalarni joriy etish chora-tadbirlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 02-02/214-son ma’lumotnomasi; Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 04-18/5314-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar faoliyatini aniq dasturlar asosida amalga oshirish va ularning samaradorlik darajasiga to‘g‘ri baho berish imkoniyatini yaratgan;
xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari samaradorligi o‘zgarishiga iqtisodiy, moliyaviy, ilm-fan, ta’lim va mehnat resurslari omillarining bevosita ta’siri hisoblanib, mazkur me’yorlar ta’minlanganda samaradorlikning ichki imkoniyatlaridan foydalanishning joriy darajasidan optimal darajasiga etkazish taklifidan Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan vakolatiga ko‘ra turizmni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan soha va tarmoqlarda innovatsion ishlanmalarni joriy etish chora-tadbirlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 02-02/214-son ma’lumotnomasi; Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 04-18/5314-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiya xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari samaradorligi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning har birini aniqlash yo‘llarini nazariy va amaliy jihatdan ochib bergan va shu asosda samaradorlikni oshirish bo‘yicha ichki imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish yo‘llari asoslangan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatida raqamli va innovatsion texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirishda tarmoqlar bo‘yicha umumiy va ixtisoslashtirilgan talab va sharoitlarini ajratish hamda tabaqalashtirilgan tadbirlarga asoslangan dasturiy yondashuvni qo‘llash taklifidan Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan vakolatiga ko‘ra turizmni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan soha va tarmoqlarda innovatsion ishlanmalarni joriy etish chora-tadbirlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 02-02/214-son ma’lumotnomasi; Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 04-18/5314-son ma’lumotnomasi).  Ushbu tavsiya mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish sohasida xizmat turlari sifati va samaradorligini oshirishga raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish orqali erishish yo‘llarini ko‘rsatib bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulot hajmiga ta’sirining ko‘p omilli regressiya modeli asosida aloqa va axborotlashtirish, moliyaviy va transport xizmatlari ko‘rsatish hajmining 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan vakolatiga ko‘ra turizmni rivojlantirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishda hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan soha va tarmoqlarda innovatsion ishlanmalarni joriy etish chora-tadbirlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 17 yanvardagi 02-02/214-son ma’lumotnomasi; Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 04-18/5314-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar istiqbolda xizmat ko‘rsatishning alohida turlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘sishi imkoniyatlarini aniqlashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish