Abdullaev Muxammadimin Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Etnopedagogik qadriyatlar vositasida o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish tizimi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1554.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi etnopedagogik qadriyatlar vositasida o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnopedagogik qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ertaklar, dostonlar, rivoyatlar, afsonalar, xalq qo‘shiqlari kabi xalq og‘zaki ijodi namunalari, urf-odat, an’ana va marosimlar orqali o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish metodikasi yondashuvlarni interpretatsiyalash, madaniy dunyoqarashni tarkib toptirish, tarixiy tafakkurni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
etnopedagogik qadriyatlarda o‘z ifodasini topgan o‘quvchilarni madaniy, axloqiy, intellektual rivojlantiruvchi, ijodkorlikka undovchi, o‘zlikni anglash hissini tarkib toptiruvchi, ajdodlar merosidan faxrlanishga yo‘naltiruvchi kabi shaxs ruhiyati va dunyoqarashini boyituvchi didaktik vositalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritish orqali pedagogik jarayon modeli takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda etnopedagogik qadriyatlar vositasida milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘quvchilarga taqdim etish mexanizmlari tahliliy tafakkurni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
etnopedagogik qadriyatlar vositasida o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish jarayonida tizimlilik, integratsiyaga asoslanish, etnomadaniy qadriyatlarni anglashni nazarda tutish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Etnopedagogik qadriyatlar vositasida o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
etnopedagogik qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ertaklar, dostonlar, rivoyatlar, afsonalar, xalq qo‘shiqlari kabi xalq og‘zaki ijodi namunalari, urf-odat, an’ana va marosimlar orqali o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish metodikasi yondashuvlarni interpretatsiyalash, madaniy dunyoqarashni tarkib toptirish, tarixiy tafakkurni rivojlantirish asosida takomillashtirilganligi hamda o‘quvchilarda etnopedagogik qadriyatlar vositasida milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘quvchilarga taqdim etish mexanizmlari tahliliy tafakkurni rivojlantirish asosida takomillashtirilganligi haqidagi g‘oyalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga ko‘ra, “Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 maydagi 02-07-1295/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, etnopedagogik qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodi namunalari (ertaklar, dostonlar, rivoyatlar, afsonalar, xalq qo‘shiqlari), urf-odat, an’ana va marosimlar vositasida o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish metodikasi yondashuvlarni interpretatsiyalash, madaniy dunyoqarashni tarkib toptirish, tarixiy tafakkurni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
etnopedagogik qadriyatlarda o‘z ifodasini topgan o‘quvchilarni madaniy, axloqiy, intellektual rivojlantiruvchi, ijodkorlikka undovchi, o‘zlikni anglash hissini tarkib toptiruvchi, ajdodlar merosidan faxrlanishga yo‘naltiruvchi kabi shaxs ruhiyati va dunyoqarashini boyituvchi didaktik vositalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritish orqali pedagogik jarayon modeli takomillashtirilganligi hamda etnopedagogik qadriyatlar vositasida o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish jarayonida tizimlilik, integratsiyaga asoslanish, etnomadaniy qadriyatlarni anglashni nazarda tutish samaradorligi asoslanganligiga oid tavsiflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan F1-XT-1-31247-raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 maydagi 02-07-1295/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarda ta’lim-tarbiya jarayonida etnopedagogik qadriyatlarda o‘z ifodasini topgan shaxs ruhiyati va dunyoqarashini boyituvchi didaktik vositalarni (o‘quvchilarni madaniy, axloqiy, intellektual rivojlantiruvchi, ijodkorlikka undovchi, o‘zlikni anglash hissini tarkib toptiruvchi, ajdodlar merosidan faxrlanishga yo‘naltiruvchi) pedagogik jarayonlarda o‘quvchilarga taqdim etish modeli rivojlantirilib, o‘quvchilarda etnopedagogik qadriyatlar vositasida milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘quvchilarga taqdim etish mexanizmlari tahliliy tafakkurni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.