Narzieva Marvarid Murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati faoliyatining ma’muriy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/Yu418.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2021.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Muqaddas Tursunovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Yangibaev Oybek Kidirbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘riqlash xizmati faoliyatining ma’muriy-huquqiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan davlat mulki hisoblangan ob’ektlarga kirish-chiqish rejimini tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha fuqarolar hamda mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarlik choralarini o‘rnatish lozimligi asoslantirilgan;
Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, mol-mulk xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini kengaytirish maqsadida turli mulk shakllariga tegishli hamda qo‘riqqa olinishi shart bo‘lgan ob’ektlar toifasini shakllantirish lozimligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirishda davlat ob’ektlari, o‘ta muhim toifalangan ob’ektlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkka doir huquq, erkinliklari, qonun bilan qo‘riqlanadigan mulkiy manfaatlarini himoya qilish zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlash yo‘nalishi, usuli va muhandislik-texnik holati, moddiy-tovar boyliklarni saqlanishini belgilash bilan bog‘liq faoliyatining qo‘riqlash texnik vositalarini qo‘llash, xavfsizlikni masofaviy kuzatish, bo‘linmalar faoliyatini boshqarish tartibini belgilashga oid huquqiy mexanizmlar joriy etish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan davlat mulki hisoblangan ob’ektlarga kirish-chiqish rejimini tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha fuqarolar hamda mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarlik choralarini o‘rnatish lozimligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-411-sonli qonunning 6-modda 6-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 7 iyundagi 06/01-10/3041-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi qo‘riqlash xizmati faoliyatining samaradorligini yanada oshishi va uni tartibga soluvchi qonunchilikning rivojlanishiga xizmat qilgan;
Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, mol-mulk xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini kengaytirish maqsadida turli mulk shakllariga tegishli hamda qo‘riqqa olinishi shart bo‘lgan ob’ektlar toifasini shakllantirish haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan ob’ektlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida» 930-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan ro‘yxatning 8 va 19-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik ta’minlash boshqarmasining 13.01.2020 yildagi 12/21-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi qonun hujjatlarida alohida qo‘riqlashni tashkil etishni talab etuvchi ob’ektlar toifasini belgilanishining huquqiy tartibga solinishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlash yo‘nalishi, usuli va muhandislik-texnik holati, moddiy-tovar boyliklarni saqlanishini belgilash bilan bog‘liq faoliyatining qo‘riqlash texnik vositalarini qo‘llash, xavfsizlikni masofaviy kuzatish, bo‘linmalar faoliyatini boshqarish tartibini belgilashning huquqiy mexanizmlarini joriy etish borasidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 555-son qarorning 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 1-bob 21-bandi, 24-bandi o‘n ikkinchi xat boshi, 25-bandi to‘rtinchi hamda 27-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik ta’minlash boshqarmasining 13.01.2020 yildagi 12/21-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirilishi, jamoat tartibi va xavfsizligi ta’minlanish darajasini oshirilishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarining faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha yagona tekshiruv tartibini yuritish lozimligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-4997-son qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 32,38,40,43 va 47-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 13.11.2021 yildagi 1/3517-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish hamda ularning faoliyatining ma’muriy-huquqiy jihatlarini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish