O‘razova Iqbol Abdikarimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIV asrning II yarmiga oid turkiy yozma manbalardagi frazemalar tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1727.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor; Omonov Qudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIV asrning II yarmiga oid turkiy yozma manbalardagi frazemalarni funksional-semantik jihatdan tekshirish, hozirgi o‘zbek tiliga munosabatini belgilash, frazemalar taraqqiyotidagi struktur-semantik o‘zgarishlarni, struktur-grammatik xususiyatlarni aniqlash, frazeologik modellarni, frazemalar taraqqiyotiga xos kognitiv-semantik belgilarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Muhabbatnoma”, “Suhayl va Guldursun”, “Gulistoni bit-turkiy” asarlarida qo‘llangan frazemalar statistikasi keltirilgan, bu davr tiliga xos bo‘lgan eng muhim leksik, morfologik va grammatik xususiyatlar aniqlanib, Oltin O‘rda davlatining diplomatik tili o‘zbek tili ekanligi dalillangan;
turkiy yozma yodgorliklar matnidagi frazemalar keyingi davr tiliga, hozirgi o‘zbek tiliga munosabatiga ko‘ra tekshirilib, frazemalar taraqqiyotidagi struktur-semantik o‘zgarishlar, ma’no kengayishi va torayishi hodisalari, sinonimik, antonimik, omonimik va gradual munosabatlar, frazemalardagi leksik qayta shakllanish jarayonlari aniqlangan;
turkiy yozma yodgorliklar matnidagi frazemalar maydon nazariyasi asosida aniqlanib, “ot” semali, “harakat” semali, “holat” semali, “belgi-xususiyat” semali, “fe’l-atvor” semali frazeosemantik guruhlar asosida amalga oshirilgan, inson faoliyatining muayyan qirralariga oid tushunchalarni ifoda etish xususiyatlari dalillangan;
shu davr manbalarida frazeologik ma’no shakllanishi uchun struktur-semantik yadro vazifasini bajargan 25 ta leksema ajratilgan va davriy jihatdan statistik qiyoslangan, frazemalar tarkibida faol qo‘llangan köŋül, köz, qol yadrolari tahlili asosida frazeologik ma’no shakllanishida struktur-semantik yadro birliklarining konnotativ asoslari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIV asrning II yarmiga oid turkiy yozma manbalardagi frazemalar tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turkiy yozma yodgorliklar matnidagi frazemalar keyingi davr tiliga, hozirgi o‘zbek tiliga munosabatiga ko‘ra tahlili, frazemalar taraqqiyotidagi struktur-semantik o‘zgarishlar, ma’no kengayishi va torayishi hodisalari, sinonimik, antonimik, omonimik va gradual munosabatlar, frazemalardagi leksik qayta shakllanish jarayonlari, frazeologik modellar bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan BV-Atex-2018 (143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 21 iyundagi 04/1-2112-son ma’lumotnomasi). Natijada “UzNutq Sintezator” kompyuter dasturi” va “O‘zbek tili o‘zlashma so‘zlarining urg‘uli lug‘ati”ni tayyorlashga xizmat qilgan;
XIV asr manbalarida qo‘llangan frazemalar, manbalarning lingvistik jihatdan tahlili, bu davr tiliga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlar, turkiy yozma yodgorliklar matnidagi frazemalarning leksik-semantik tahlili, inson faoliyatining muayyan qirralariga oid tushunchalarni ifoda etish xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” (2017–2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 21 iyundagi 04/1-2111-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy yozma yodgorliklar matnidagi frazemalarning leksik-semantik tahlili, inson faoliyatining muayyan qirralariga oid tushunchalar bilan boyitilgan;
Mumtoz manbalardagi frazemalarning asar matnidagi ta’sirchanlik vazifasi, frazemalarning yozuvchi va shoirlar tomonidan ijodiy-semantik o‘zgarishlar bilan qo‘llanishi, individual-muallif iboralarining yuzaga kelishi, frazemalarning etimologiyasi va semantik-struktur taraqqiyoti, frazemalarning til birligi sifatida jonli nutqda keng qo‘llanishi, nutq madaniyatini oshirish omili hisoblanishi borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Hamma uchun” eshittirishining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokanalining 2022 yil 27 iyundagi
06-28-644-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, tilning qadriyat sifatidagi o‘rnini yoritishga erishilgan.