Hamroev G‘ofir Hasanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlari ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Ped231.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash). 
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro‘ziboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish, til ta’limida o‘quv topshiriqlarining o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv topshiriqlarining didaktik asosi ilmiy-nazariy tomondan takomillashtirilib, mashq, savol va topshiriq tushunchalarga pedagogik, psixologik va lingvodidaktik jihatdan yangicha lingvistik ta’rif berilgan hamda ularning o‘zaro farqi, ona tili ta’limida muhim o‘rin tutishi dalillangan;
mashqlardan ko‘nikma va malaka hosil qilishda, savol va topshiriqlardan biror amalni bajarishga yo‘naltirish, fikrlashga undash hamda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash maqsadlarida foydalanish natijasida ona tili ta’limida nutqiy kompetensiyani tizimli hosil bo‘lishi va rivojlanishiga erishish mumkinligi isbotlangan;
matn bilan ishlash uchun savol va topshiriqlar tuzish, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda suhbatdoshga nutq vaziyatidan kelib chiqib savol berishning ona tili ta’limi uchun lisoniy-uslubiy darajalari aniqlanib, lingvodidaktikada savol tuzishga pragmatik usulda yondashishning ilmiy-metodik afzalliklari dalillangan;
tinglab tushunish ko‘nikmasi bilan birga o‘quvchida muloqot vaziyatiga ko‘ra murojaat qilish, nutq so‘zlash malakasi ham baravar rivojlantirish lozimligini nazarda tutib, o‘quvchini to‘g‘ri va mantiqli savol berishga o‘rgatish yo‘llari, turlari va qo‘llaniladigan innovatsion metodlari ishlab chiqilgan;
baholash tizimi uchun matn ustida ishlash orqali – eshitganlarini to‘g‘ri tushuna olish – (anglash), adabiy tilda ravon va mantiqan izchil gapira olish – (nutq so‘zlash), matnni o‘qib tushuna olish – (fahmlash) hamda to‘g‘ri va mazmunli yoza olish – (insho) ko‘nikmalari ona tili ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida Ona tilidan o‘quv topshiriqlari ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘quv topshiriqlarining didaktik asosi ilmiy-nazariy tomondan takomillashtirilib, mashq, savol va topshiriq tushunchalarga pedagogik, psixologik va lingvodidaktik jihatdan yangicha lingvistik ta’rif berilgan hamda ularning o‘zaro farqi, ona tili ta’limida muhim o‘rin tutishi dalillanganligiga doir ilmiy nazariy xulosalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Ona tili” darsligini yaratishda  foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 19 avgustdagi 01/11-01/6-1227-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun 8-10-11-sinf “Ona tili” darsliklarining mazmuni, xususan,  o‘quv topshiriqlar qismi pragmatik yondashuv asosida takomillashtirilgan;
mashqlardan ko‘nikma va malaka hosil qilishda, savol va topshiriqlardan biror amalni bajarishga yo‘naltirish, fikrlashga undash hamda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash maqsadlarida foydalanish natijasida ona tili ta’limida nutqiy kompetensiyani tizimli hosil bo‘lishi va rivojlanishiga erishish mumkinligi isbotlangan xulosalardan “Ona tili” darsligi kitobini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2021 yil 8 avgustdagi 30/1121-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilning 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining 2-bo‘lim 12-bandi ijrosi bo‘yicha ona tili o‘qitishning zamonaviy metodikasi dasturi ishlab chiqilgan;
nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi, baholashga mo‘ljallangan milliy til korpus uchun o‘quv lug‘atlari tayyorlash va ular bilan ishlash bo‘yicha o‘quv topshiriqlar  tizimini yaratishga doir tavsiyalaridan o‘zbek tilini ona tili sifatida o‘qitishning zamonaviy o‘qitish metodikasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining 2021 yil 3 fevraldagi 78-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilning 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini amalga oshirish dasturining 2-bo‘lim 7-9-bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha ona tilidan elektron o‘quv lug‘atlar yaratilgan;
tinglovchiga muloqot vaziyatiga ko‘ra murojaat qilish, nutq so‘zlash malakasi ham baravar rivojlanishi lozimligini nazarda tutib ishlab chiqilgan suhbatdoshga to‘g‘ri va mantiqli savol berishga o‘rgatish bo‘yicha tayyorlangan metodik tavsiya va ishlanmalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Onlayn dars”, “Bugunning gapi”, “Til taraqqiyot tarozisi” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston telaradiokompaniyasining 2022 yil 3 fevraldagi 01-02-02/22-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy-metodik jihatdan boyitilgan;
matn ustida ishlash orqali eshitganlarini to‘g‘ri tushuna olish – (anglash), adabiy tilda ravon va mantiqan izchil gapira olish – (nutq so‘zlash), matnni o‘qib tushuna olish – (fahmlash) hamda to‘g‘ri va mazmunli yoza olish – (insho) ko‘nikmalari rivojlantirishga doir metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti  Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020 yy) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti  Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 20 iyundagi 210- son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili va adabiyot o‘qitishda o‘quv topshiriqlari ishlab chiqish metodikasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish