Yusupova Gullola Tuxtamurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida Farg‘ona iqtisodiy rayonining o‘rni (XX asrning 50-80-yillari)», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar406.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Normatov Otabek Maxamatjonovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 50-80-yillarida sovet davlatining iqtisodiy rayonlashtirish siyosati va uning oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni ichida Farg‘ona iqtisodiy rayoni mamlakatning boshqa mintaqalariga nisbatan o‘zining paxtachilik, pillachilik, g‘allachilik va mevachilikka ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishi bilan ajralib turganligi, asosiy sanoat turlari qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash (Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Andijon, Namangan), mashinasozlik (Andijon, Qo‘qon), metall ta’mirlash, kimyo (Qo‘qon, Farg‘ona), qurilish materiallari ishlab chiqarish (Quvasoy), neft` qazish (Andijon, Farg‘ona), neftni qayta ishlash (Farg‘ona, Oltiariq) kabi tarmoqlardan iborat bo‘lganligi isbotlangan;
Farg‘ona iqtisodiy rayoni er-suv resurslari, boy er osti boyliklariga ega bo‘lsada, bu erdagi mavjud korxonalarda kamomad, katta mablag‘larni o‘zlashtirish kabi holatlar oziq-ovqat sanoati, paxta tozalash sohasi va engil sanoatda ko‘p uchraganligi, mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikdagi e’tiborsizlik oqibatida korxonalarni kerakli uskunalar bilan ta’minlash imkonini bermaganligi, iste’molchilarda talab bo‘lmaganligi sababli kalava ip, ko‘plab gazlama kabi tayyor mahsulotlar omborlarda qolib ketganligi aniqlangan;
Farg‘ona iqtisodiy rayonidagi korxonalarning aksariyati aholi zich yashaydigan shaharlarda qurilganligi, atmosfera ifloslanishi bo‘yicha Andijon viloyati respublika bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turganligi, rayondagi korxonalarda suvlarni tozalovchi inshootlarning yo‘qligi, atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni ushlab qoluvchi uskunlarning yo‘qligi mahalliy aholi orasida flyurooz (tish emirilishi), raxit (kal`siy etishmasligi), onkologik, o‘tkir ichak kasalliklari, nafas olish organlari kasalliklarining ko‘payib ketishiga olib kelganligi isbotlangan;
Farg‘ona vodiysidagi neft` konlarida erigan gaz qatlamlari bo‘lib, ular ancha chuqurlikda joylashganligi, qazib olish birmuncha qimmatga tushgan bo‘lsada, gazdan mamlakat xalq xo‘jaligiga xizmat qiladigan sement, ohak, g‘isht, shifer, kimyo sanoatida foydalanish maqsadida o‘zlashtirilgan konlar Farg‘ona iqtisodiy rayonini Sovet Ittifoqidagi neft` rayonlari bilan tenglasha oladigan darajaga etkazganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida Farg‘ona iqtisodiy rayonining o‘rni (XX asrning 50-80-yillari)ga oid ilmiy xulosa va takliflardan:
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sovet davlatining mamlakatni iqtisodiy rayonlashtirish siyosati, unda O‘zbekiston, xususan, Farg‘ona iqtisodiy rayonida birlashtirgan uch tarmoq – paxtachilik, pillachilik, g‘allachilik va mevachilikni rivojlanganligi, sanoat ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishi bilan ajralib, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona, Andijon, Namanganda qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash, Andijon, Qo‘qonda mashinasozlik, Qo‘qon, Farg‘onada metall – ta’mirlash, kimyo, Quvasoyda qurilish materiallari ishlab chiqarish, Andijon, Farg‘onada neft` qazish, Farg‘ona, Oltiariqda neftni qayta ishlash, engil va to‘qimachilik sanoati Farg‘ona iqtisodiy rayoni sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lganligi, biroq tarmoqdagi mavjud korxonalarda rejalashtirish, ma’muriy-buyruqbozlikning kuchliligi oqibatida ishlab chiqarishda rivojlanish bo‘lmaganligi haqidagi natijalardan Farg‘ona viloyatida tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, viloyat hokimiyatining Furqat, Dang‘ara, Beshariq va O‘zbekiston tumanlardagi tadbirkorlar bilan bo‘lgan uchrashuvlarida foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 08 sentyabrdagi 02-04/6161-son ma’lumotnomasi). Bu Farg‘ona viloyatining Furqat, Dang‘ara, Beshariq va O‘zbekiston tumanlarida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlaganlar uchun tarixiy tajriba haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
Farg‘ona iqtisodiy rayonida neft` qazib olinishi, kimyo sanoatida, mashinasozlikdagi irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari ishlab turganligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchi mashinalarining ba’zi qismlari, paxta tozalash tarmog‘i, to‘qimachilik tarmog‘i kabilar uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarganligi, korxonalarning aksariyati aholi zich yashaydigan shaharlarda qurilganligi, korxonalarda suvlarni tozalovchi inshootlarning yo‘qligi, atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni ushlab qoluvchi uskunlarning yo‘qligi mahalliy aholi orasida flyurooz (tish emirilishi), raxit (kal`siy etishmasligi), onkologik, o‘tkir ichak kasalliklari, nafas olish organlari kasalliklarining ko‘payib ketishiga olib kelganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 07 oktyabrdagi 40-40/1584-son ma’lumotnomasi). Bu teletomoshabinlarda Farg‘ona viloyatining XX asr 50-80 yillarida nafaqat respublikaning, balki mamlakatning asosiy mahsulot beruvchi mintaqalaridan biri bo‘lib kelganligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkon bergan.