Olimjonov Xabibjon Abduxalim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistonda kutubxona ishi tarixi (1870–1917 yy.)”, 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar806.
Ilmiy rahbar: Saidboboev Zokirjon Abdukarimovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdulla Nuriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1870-1917 yillarda Turkistonda kutubxona ishi tarixini mahalliy, xorijiy manbalar, davriy matbuot, arxiv hujjatlari, statistik to‘plam, yilnoma, hisobot va yozishmalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xonliklaridagi kutubxonalarni mablag‘ bilan ta’minlab turuvchi vaqf erlari, xususiy mol-mulklarning katta qismi davlat tasarrufiga o‘tishi natijasida qisqarib, mahalliy kutubxonalarning iqtisodiy tanglikka uchrab yopilganligi, imperiya ma’murlari tomonidan mahalliy aholi vakillariga tegishli shaxsiy kutubxonalardagi muqaddas kitoblar, noyob toshbosma, qo‘lyozma asarlarning zo‘rlik bilan olib qo‘yilganligi, Turkiston harbiy ma’muriyati tomonidan ommaviy, maxsus kutubxonalarga asos solinganligi isbotlangan;
Toshkent ommaviy kutubxonasi, viloyat, shahar markazlaridagi o‘quv yurtlari, temiryo‘l bekatlari va harbiy qismlarda maxsus kutubxonalarning tashkil etilganligi, kitob fondlarida geografiya, tarix, statistika, arxeologiya, san’atshunoslik, qishloq xo‘jaligi fanlari, harbiy, dengiz ilmiga oid rus, fransuz, nemis va boshqa tillardagi kitoblar hamda risolalar bo‘lganligi, biroq mahalliy aholining aksariyati til bilmasligi sababli mazkur kutubxonalardan to‘laqonli foydalana olmaganligi dalillangan;
Rossiya ilmiy jamiyatlaridan Turkiston o‘lkasini o‘rganish uchun kelgan geolog, geograf, tabiatshunos, etnogrof, etnolog, o‘lkashunos, sharqshunos olimlar to‘plagan ma’lumotlar asosidagi bosma nashrlar, shuningdek, boshqa turdagi kitoblar sonining ortib borganligi, imperiya o‘lkadagi boshqaruv ma’murlari, harbiylari va ularning yaqinlarini kitobga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Toshkent ommaviy kutubxonasini hamda Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo va Kaspiyorti viloyatlarida mahalliy ommaviy kutubxonalar tashkil etganligi asoslangan;
mustamlaka tuzumi sharoitida Turkistondagi mahalliy aholi vakillari tomonidan ochilgan shaxsiy kutubxonalarda kitobxonlar Narshaxiy, Davlatshoh Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va Muhammad Yusuf Munshiy kabi allomalarning qalamiga mansub asarlarning qo‘lyozmalari hamda toshbosma nusxalari, shuningdek, jahon adabiyotining nodir namunalarini mutolaa qilishganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkistonda kutubxona ishi tarixi (1870–1917 yy.)ga oid ilmiy xulosa va takliflar natijalari asosida:
Turkiston o‘lkasida ochilgan Toshkent ommaviy kutubxonasi tarixi, kutubxonada saqlangan kitob fondlari, ularning mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘lka viloyatlaridagi mahalliy shahar kutubxonalarining o‘ziga xos xususiyatari, ularda saqlangan turli sohalarga oid risolalar, kitoblar, alohida shaxsiy kutubxonalarning faoliyati va yopilishiga oid natijalardan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tizimidagi axborot-kutubxona markazlarining tarkibiy bo‘linmalarida targ‘ibot va ish yuritish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2022 yil 15 apreldagi 11-1567-son ma’lumotnomasi). Natijalardan respublikadagi eng yirik O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, uning tizimidagi axborot-kutubxona markazlarining kitob fondlarni tashkil etish va ish yuritish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Turkistondagi mahalliy aholi vakillari tomonidan ochilgan shaxsiy kutubxonalarda mahalliy kitobxonlar Narshaxiy, Davlatshoh Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, va Muhammad Yusuf Munshiy kabi allomalarning qalamiga mansub asarlarning qo‘lyozmalari, toshbosma nusxalari, shuningdek, jahon adabiyotining nodir namunalarini mutolaa qilishganligiga doir ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 17 fevraldagi 21-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqotga oid ma’lumotlardan yosh avlodning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mahalliy ziyolilarning shaxsiy kutubxonalari va kitob fondlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan kengroq tanishishga imkon bergan;
Turkistondagi ommaviy kutubxonalar, shaxsiy kutubxonalar va viloyatlardagi maxsus kutubxonalar tarixi, asos solinshishi, kitobxonlarning qiziqishlari, kitob fondlarida rus, fransuz, nemis va boshqa tillardagi kitoblar bilan bir qatorda gegrafiya, tarix, statistika, san’atshunoslik, arxeologiya, qishloq xo‘jaligi fanlari, harbiy, dengiz ilmiga oid kitoblar va risolalar bo‘lganligi, biroq mahalliy aholi til bilmasligi sabab mazkur kutubxonalardan foydalana olmaganligiga doir olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokomaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 9 iyundagi 02-40-985-son ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalari teletomoshabinlarni Turkistondagi ommaviy kutubxonalar, shaxsiy va maxsus kutubxonalar tarixi, kitob fondlarining shakllanishi, saqlanishiga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.