Sultonov Akram Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarbiyasi og‘ir o‘smirlarda milliy axloqiy qadriyatlarimizga xos sifatlarni shakllantirish (Oila, maktab va mahalla hamkorligi misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped279.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Haydarova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarbiyasi og‘ir o‘smirlarda milliy axloqiy qadriyatlarga xos sifatlarni shakllantirishda oila, maktab va mahalla hamkorligining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarbiyasi og‘ir o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda milliy axloqiy qadriyatlarimizga xos sifatlarni shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari hayotiy maqsadlarni qaror toptirish, bolalardagi agressivlik, apatiyani pedagogik korreksiyalash, kommunikativ ko‘nikmalarning beqarorligi, kognitiv sifatlar pastligi profilaktikasini qadriyatlar interiorizatsiyasi (ichki anglanganligi) bilan internallik darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
individual, guruhiy, jamoaviy mafkuraviy-pedagogik ish shakllarini (o‘zaro fikriy uyg‘unlikni hosil qilish, guruhiy qarorlarni ishlab chiqish, qadam-baqadam ish) praksiologik metodlar bilan qayta aloqasi produktivligini hisobga olish asosida tarbiyasi og‘ir o‘smirlarda milliy axloqiy qadriyatlarimizga xos sifatlarni shakllantirishning mafkuraviy-profilaktik tizimi takomillashtirilgan;
o‘smirlar tarbiyasidagi ijtimoiy “og‘ish”larni diagnostika qilish va korreksiyalashga doir pedagogik modelning kognitiv komponenti ta’lim oluvchilarda g‘oyaviy savodxonlikni shakllantirish, shaxsiy axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ma’naviy kompetensiyalarni hamkorlik pedagogikasining jamiyatni pedagogizatsiyalash yo‘nalishi bilan adaptiv tarzda namoyon bo‘lishini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
oila, maktab va mahalla hamkorligida mafkuraviy-profilaktik tadbirlarni tashkil etishning ota-onalarda virtual-pedagogik nazorat malakalarini rivojlantirish, maktabda g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiya muhitini yangilash kabi pedagogik shart-sharoitlari pedagogik konseptining vitagenlik jihatini barqarorlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlarda oila, maktab va mahalla hamkorligida milliy axloqiy qadriyatlarimizga xos sifatlarni shakllantirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
tarbiyasi og‘ir o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda milliy axloqiy qadriyatlarimizga xos sifatlarni shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari hayotiy maqsadlarni qaror toptirish, bolalardagi agressivlik, apatiyani pedagogik korreksiyalash, kommunikativ ko‘nikmalarning beqarorligi, kognitiv sifatlar pastligi profilaktikasini qadriyatlar interiorizatsiyasi (ichki anglanganligi) bilan internallik darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirilganiga oid xulosalaridan Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 24 sentyabrdagi 01/11-01/10-1398-son ma’lumotnomasi). Natijada fanlar mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirish imkonini bergan;
o‘smirlar tarbiyasidagi ijtimoiy “og‘ish”larni diagnostika qilish va korreksiyalashga doir pedagogik modelning kognitiv komponenti ta’lim oluvchilarda g‘oyaviy savodxonlikni shakllantirish, shaxsiy axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ma’naviy kompetensiyalarni hamkorlik pedagogikasining jamiyatni pedagogizatsiyalash yo‘nalishi bilan adaptiv tarzda namoyon bo‘lishini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilganiga hamda oila, maktab va mahalla hamkorligida mafkuraviy-profilaktik tadbirlarni tashkil etishning ota-onalarda virtual-pedagogik nazorat malakalarini rivojlantirish, maktabda g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiya muhitini yangilash kabi pedagogik shart-sharoitlari pedagogik konseptining vitagenlik jihatini barqarorlashtirishga doir xulosalari “Ijtimoiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 28 avgustdagi 375-son buyrug‘i, 375-025-son guvohnomasi). Natijada o‘smir o‘quvchilarda milliy axloqiy qadriyatlarimizga xos sifatlarni shakllanganlik darajasini aniqlovchi mezonlarni takomillashtirish imkonini bergan.