Rustamov Shamiljon Xasanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Intellektual ta’lim tizimlari orqali talabalarda tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2883.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Adilbek Muxtarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Qahhor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent;  Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intellektual tahsil tizimidan foydalanib, informatikani o‘qitish ta’lim samaradorligini oshirish uchun qisman izlanuvchan va evristik metodlar orqali muammoli ta’lim metodikasini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
informatikadan muammoli ta’limni qisman izlanuvchan va evristik metodlar orqali amalga oshirish uchun muammoli ta’lim metodikasining psixologik, pedagogik va konseptual nazariy asoslari, uni amalga oshirishdagi qisman izlanishli topshiriqlar, faoliyatlar integratsiyasi asosidagi muammoli vaziyatlarni tadbiq etish yo‘llari aniqlangan;
ta’lim jarayonini loyihalashtirish strategiyasida axborotning o‘zaro adekvat va interaktiv ta’sir shartlari ko‘rib chiqilib, foydalanuvchilarning  ta’lim oluvchi, rivojlantiruvchi funksiyalari hamda tizimdagi dialektik, didaktik va ijtimoiy o‘rni aniqlangan;
muammoli vaziyatlarga asoslangan intellektual ta’lim tizimidan foydalangan holda qisman izlanuvchan va evristik metodlari orqali talabalar faoliyatining unumdorlik darajasini oshirish  imkonini beradigan muammoli ta’lim metodikasi axborot-ma’lumotnomali dasturlar, imitatsion dasturlar va modellashtiruvchi dasturlar asosida takomillashtirilgan;
muammoli vaziyatlarning qisman izlanuvchan va evristik metodlarining samaradorligi muammoli differensial o‘quv topshiriqlarini shakllantirish va hal qilish bosqichlari hamda ularni masofaviy, modulli ta’lim jarayoniga joriy etish orqali aniqlangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intellektual ta’lim tizimlari orqali talabalarda tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish metodikasiga doir tadqiqot natijalaridan:
informatikadan muammoli ta’limni qisman izlanuvchan va evristik metodlar orqali amalga oshirish uchun muammoli ta’lim metodikasining psixologik, pedagogik va konseptual nazariy asoslari, uni amalga oshirishdagi qisman izlanishli topshiriqlar, faoliyatlar integratsiyasi asosidagi muammoli vaziyatlarni tadbiq etish yo‘llariga oid xulosalaridan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan Qashqadaryo yoshlarining “e-Portfolio” platformasini yaratish” mavzusidagi loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2022 yil 10 martdagi 02/01-620-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan Qashqadaryo yoshlarining “e-Portfolio” platformasini yaratish imkonini bergan;
ta’lim jarayonini loyihalashtirish strategiyasida axborotning o‘zaro adekvat va interaktiv ta’sir shartlari ko‘rib chiqilib, foydalanuvchilarning  ta’lim oluvchi, rivojlantiruvchi funksiyalari hamda tizimdagi dialektik, didaktik va ijtimoiy o‘rniga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan I-XT-0-19929-raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 02 avgustdagi 182/1-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim jarayonida talabalarida  tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish metodikasini aprobatsiya qilishning ilmiy, rasmiylashtirilgan komponentlari tavsifi asoslanishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish