Rajabova Lola Raxmatullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Differensial yondashuv asosida talabalarni  ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Ijtimoiy pedagogika fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1281.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Tilegenov Askarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi differensial yondashuv asosida talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslarini ochib berish hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmi pedagogik ta’limning differensiallik, variativlilik, jamoaviylik tamoyillariga ko‘ra ijtimoiy faoliyatga tayyorgarlik uchun toleriantlik, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi yetakchi xususiyatlari hamda ta’lim jarayonining motivatsion, nazariy, amaliy, funksional komponentlari bilan integral aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishning tarkibiy tuzilmasi tayanch kasbiy kompetensiyalar tizimini pedagogik-psixologik bilimlar asosi bo‘yicha malaka talablari bilan differensial, integral qayta modifikatsiyalash asosida dalillangan;
talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish modelining mazmunli komponenti o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga “Piramida”, “Assisment”, “Keys-stadi” kabi differensial yondashuv metodlarini kiritish hamda bilish faoliyati va kasbiy yo‘naltirilgan munosabatlar jarayonlari bilan ichki aloqadorligini kontentli, jarayonli, mahsuldor yondashuvga ko‘ra ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishning texnologiyasi ijtimoiy faoliyatga tizimli tayyorlash mexanizmini takomillashtirish jarayoniga muvofiq keluvchi differensial o‘qitish va ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning didaktik ta’minoti zamonaviy ta’limining ustuvor yo‘nalishlariga asoslangan muammoli va assisment, ijodiy topshiriqlar majmuini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tizimli qo‘llash asosida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Differensial yondashuv asosida talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalaridan:
talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmini takomillashtirishning tarkibiy tuzilmasi tayanch kasbiy kompetensiyalar tizimini pedagogik-psixologik bilimlar asosi bo‘yicha malaka talablari bilan differensial, integral qayta modifikatsiyalash asosida olingan dalillardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 25 oktyabrdagi 309/2-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif va tavsiyalar talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda motivatsion ijodiy muhitni yaratish imkonini bergan;   
talabalarni ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish modelining mazmunli komponenti o‘quv-tarbiyaviy jarayonga “Piramida”, “Assisment”, “Keys-stadi” kabi differensial yondashuv metodlarini kiritish hamda bilish faoliyati va kasbiy yo‘naltirilgan munosabatlar jarayonlari bilan ichki aloqadorligini kontentli, jarayonli, mahsuldor yondashuvga ko‘ra ta’minlash asosida olingan ma’lumotlar “Kasbiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-177-son guvohnomasi). Natijada auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida talabalarning ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish