Rajabov Feruz Umarqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi onomastik birliklarning leksik-semantik va lingvopoetik xususiyatlari”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2176.
Ilmiy rahbar: Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Ma’rufjon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida qo‘llangan onomastik birliklarning leksik-semantik, lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Boburnoma” hamda Bobur she’riyatidagi teonim, ideonim, etnonim, mifonim, ktematonimlarning allyuzivlik, intertekstuallik, etalonlik, ekspressivlik, nominativlik, assotsiativlik, assotsiativ obrazlilik kabi lingvopoetik xususiyatlari dalillanib, bu onomastik birliklarning tarixiy-badiiy matnni shakllantiruvchi lingvistik vosita ekanligi isbotlangan;
“Boburnoma” va Bobur she’riyatida onomastik birliklarning muayyan ob’ekt nomini atab kelishidan tashqari ijodkorning turli badiiy niyatlarini yoritishga xizmat qilishi asoslangan;
“Boburnoma” hamda Bobur she’riyatida onomastik birliklar badiiy san’atlar, onomastik metafora uchun lingvopoetik vosita sifatida voqelanishi dalillangan;
“Boburnoma” va Bobur she’riyatidagi antroponimlar, toponimlar, etnonimlar, zoonimlar va boshqa atoqli otlarning milliy-madaniylik, tarixiylik, etnografik leksik-semantik xususiyatlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi onomastik birliklarning leksik-semantik va lingvopoetik xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Boburnoma” va Bobur she’riyatida onomastik birliklarning muayyan ob’ekt nomini atab kelishidan tashqari ijodkorning turli badiiy niyatlarini yoritishga xizmat qilishi asoslanganiga oid xulosalaridan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2020-2022 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2022 yil 18 avgustdagi 209-son ma’lumotnomasi). Natijada Bobur she’riyatida onomastik birliklar badiiy san’atlar, onomastik metafora uchun lingvopoetik vosita sifatida voqelanish misollardan; “Boburnoma” va Bobur she’riyatida onomastik birliklarning muayyan ob’ekt nomini atab kelish bilan birga ijdkorning turli badiiy niyatlarini yoritish imkonini bergan;
“Boburnoma” hamda Bobur she’riyatida onomastik birliklar badiiy san’atlar, onomastik metafora uchun lingvopoetik vosita sifatida voqelanishi dalillanganiga oid xalosalaridan 2022 yilning 14 fevralida “O‘zbekiston 24” radiokanalida efirga uzatilgan “Muhim mavzu” eshittirishida foydalanilgan (“O‘zbekiston 24” radiokanalining 2022 yil 24 iyundagi 03-09-363-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishning mazmuni boyitilgan va tinglovchilar “poetik onomastika”, “poetonim” terminlari va tushunchalarining anglatgan lug‘aviy ma’nolari bilan tanishgan hamda mumtoz adabiyotimiz matnlaridagi onomastik birliklarning badiyatdagi o‘rni hamda ijodkorning nomlar orqali hayot yo‘li, shaxsiyati, tafakkuri, xayolot dunyosi bilan yaqindan tanishish imkonini bergan;
“Boburnoma” hamda Bobur she’riyatidagi teonim, ideonim, etnonim, mifonim, ktematonimlarning allyuzivlik, intertekstuallik, etalonlik, ekspressivlik, nominativlik, assotsiativlik, assotsiativ obrazlilik kabi lingvopoetik xususiyatlari dalillanib, bu onomastik birliklarning tarixiy-badiiy matnni shakllantiruvchi lingvistik vosita ekanligi isbotlanganiga doir ilmiy xulosalardan “Bobur asarlari poetonimlarining qisqacha izohli lug‘ati” (ISBN 978-9943-8476-0-6)ni nashrga tayyorlashda foydalanilgan. Natijada Bobur asarlaridagi poetonimlarning badiiy matndagi o‘rni va lingvopoetik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan.