Ashurov Asrorjon Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasisiz taqdimoti haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta g‘aramini buzish mashinasi konstruksiyasining ishchi organlarini takomillashtirish va parametrlarini hisoblash usullari”, 05.02.03-“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari”(texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1599
Ilmiy rahbar: Xodjiev Muksin Tadjievich, texnika fanlari doktori, professor
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik - texnologiya instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/29.10.2021.T.101.03.
Dissertatsiya yo‘nalishi:  amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta g‘aramini buzish mashinasi ishchi barabanining takomillashgan konstruksiyasini va parametrlarini hisoblash metodlarini ishlab chiqib asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta g‘aramidan paxta bo‘laklarini samarali ajratib olib uzatish, amortizatorli, egri qoziqchalari bo‘lgan baraban konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tavsiya etilgan paxta g‘aramini buzish mashinasi ishchi barabanining yuritish mexanizmini o‘z ichiga olgan, amortizator bikrlik-dissipativ, inersion xususiyatlarini, hamda paxta bo‘laklaridan kelayotgan texnologik qarshiligini inobatga olib mashina agregati dinamikasi asosida baraban asosi va qoziqli garnituraning harakat qonunlari, yuklanishlari aniqlangan;
frezali barabanni harakatga keltiruvchi elektr yuritgich rotoridagi burchak tezliklarning tebranish qamrovini hamda burovchi momentlarning o‘zgarishlarini texnologik qarshilikka bog‘lig‘lik qonuniyatlari olindi. Baraban tezligi tebranish amplitudasini ortishi g‘aramdan paxtani intensiv ajratib olish qonuniyati aniqlangan;
frezali barabanning qoziqli garniturasi burchak tezligi va yuklanishini amortizator aylanma bikrlik koeffisientiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyati aniqlandi, hamda paxta g‘aramini buzgich frezali barabani va yuritgich rotori burchak tezliklarini tebranish qamrovlarini ularning inersiya momentlarini o‘zgarishiga bog‘liqlik qonuniyatlari va inersiya momentini tavsiya etilgan qiymatlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ixtiro patenti asosida paxta g‘aramini buzish mashinasi asosiy ishchi organlarini konstruksiyasini yaratish va takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
takomillashtirilgan paxta g‘aramini buzish mashinasi “O‘zbekiston Paxta-To‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tizimidagi paxta tozalash korxonalarida, jumladan, Buxoro viloyatidagi “Buxoro Agroklaster”  MChJ ga  qarashli G‘ijduvon, Shofirkon, Kogon va Peshku paxta tozalash korxonalarida (2022 yil 30 apreldagi joriy qilish dalolatnomasi), Romitan tumanidagi “BCT Cluster Agrokompleks” MChJ ga qarashli paxta tozalash korxonasida (2022 yil 30 apreldagi joriy qilish dalolatnomasi) hamda “WBM Romitex” MChJ ga qarashli Buxoro paxta tozalash korxonalarida (2022 yil 16 maydagi joriy qilish dalolatnomasi) joriy qilingan. («O‘zbekiston Paxta-To‘qimachilik klasterlari uyushmasi»ning 2022 yil 13 iyundagi 02/22-372 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyasi takomillashtirilgan g‘aram buzgich-ta’minlagich uskunasining (UZ IAP 06267, UZ IAP 06635) yangi tajriba nusxasini sinov jarayonida chigitli paxta bilan havo aralashmasining hosil qilinishi, hamda chigitli paxtaning mayda bo‘laklarga bo‘linishi evaziga uning zichligini kamayishi hisobiga quritish va tozalash intensivligi oshadi.Natijada g‘aram buzgichdan keyingi tozalash samaradorligi 7,1 foizdan 13,8 foizgacha, UXK dan keyingi tozalash samaradorligi 78,6 foizdan 88,0 foizgacha, korxonaning quvvatiga mos ravishda ish unumdorligi 8-10 t/soatdan 10-14 t/soatgacha oshganligi va chigitning mexanik shikastlanishi 1,41 foizdan 1,28 foizgacha kamaytirishga erishilgan.
tola sifati saqlab qolinganligi hamda tola tarkibidagi iflos aralashmalarning kamayishi hisobiga (“O‘zbekiston Paxta-To‘qimachilik klasterlari uyushmasi”ning 2022 yil 13 iyundagi 02/22-372 sonli ma’lumotnomasi) 6 976,5 mln so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.
V. Ixtiro patenti. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patentlari olingan: (№IAP 06267, 2020 y.) “Paxta buntini  buzgichning ishchi organi”, (№IAP 06635, 2021 y.) “Paxta bunt  buzgichning ishchi organi”. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022 yil 13 iyundagi 27/1-1-6/11723-sonli xati. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish