Tolibova Sanobar Ruzikulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniy-gumanitar munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari (1991-2019 yy.)”, 07.00.05– Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar178. 
Ilmiy rahbar: Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, PhD/03/30.12.2021/Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Qirg‘izboev Abdug‘affor Karimjonovich, tarix fanlari doktori, professor; Sharapov Anri Abdullaevich, siyosiy fanlar nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning 1991-2019 yillarda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar munosabatlarining asosiy yo‘nalishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy xalqaro munosabatlarning keskin o‘zgarishi sharoitida O‘zbekistonning mintaqa davlatlari bilan “Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari va O‘zbekiston” (11+1) formatdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha dialoglarni yo‘lga qo‘yish zarurati dalillangan; 
O‘zbekiston oliy ta’lim va ilm-fan tizimini rivojlantirish maqsadida respublikaning ilmiy tadqiqot muassasalari va universitetlarini xalqaro reytingini oshirishda Singapur, Malayziya, Bruney-Darussalom davlatlarining bu boradagi ijobiy tajribasidan foydalanish yaxshi samara berishi dalillangan;
O‘zbekiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasida madaniy hamkorlikni rivojlantirishda ziyorat turizmining yangi yo‘nalishi sifatida Tailand, V`etnam, Laos va Kambodja davlatlaridan Surxondaryo viloyatidagi buddaviylik yodgorliklariga sayyohlarni jalb qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia qatnovlarni yo‘lga qo‘yish lozimligi asoslab berilgan;
O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarning o‘rnatilishi va rivojlanish bosqichlari (1991-2016, 2017 yildan hozirga qadar), barqaror rivojlanish va mintaqaviy masalalar yuzasidan xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar aloqalariga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro madaniy-gumanitar aloqalarining rivojlanishi, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlar tarixi va zamonaviy holati, ushbu mintaqa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, ilm-fan, ta’lim sohalaridagi hamkorligiga oid ma’lumotlardan O‘zR FA Tarix institutida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2015-2016 yillarda bajarilgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” mavzusidagi innovatsiya loyihasida O‘zbekistonning tashqi siyosati, ikki va ko‘p tomonlama hamkorligi bobini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 08 iyuldagi 3/1255-1907-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning tatbiq qilinishi O‘zbekiston Respublikasining Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini tarixiy faktlar asosida o‘rganish va tahlil qilish imkonini bergan;
O‘zbekistoning Malayziya, Indoneziya, Singapur, V`etnam mamlakatlari bilan madaniy hamkorligi dinamikasi, o‘zaro munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan tadqiqot doirasida olingan ilmiy natijalardan O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda 2018-2020 yillarda bajarilgan “PZ-20170928749-O‘zbekiston mustaqillikka erishishining tarixiy shart-sharoitlari: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar” nomli amaliy loyihada mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston  Respublikasining tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarning yo‘lga qo‘yilishi hamda rivojlanish tarixi bobini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 08 iyuldagi 3/1255-1907-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi o‘zaro madaniy-gumanitar aloqalarining ustuvor sohalari, O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan teatr, kino, musiqa va boshqa madaniy sohalardagi hamkorligining asosiy jihatlarini arxiv va boshqa ma’lumotlar asosida yoritib berishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar hamkorligi rivojida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining mustahkamlanishida respublikada faoliyat yuritayotgan mintaqa davlatlarining “O‘zbekiston-V`etnam”, “O‘zbekiston-Indoneziya”, “O‘zbekiston-Malayziya”, “O‘zbekiston-Tailand” do‘stlik jamiyatlarining ishtirokiga oid  tahliliy materiallari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonnning mintaqa davlatlari bilan madaniy tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 16 iyuldagi 14-07-1443-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyadagi yangiliklardan foydalanish mazkur do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va o‘zaro madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston tashqi siyosatida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining o‘rni hamda YuNISEF, YuNESKO, AYSESKO, Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati kabi nufuzli tashkilotlar doirasida respublikaning mazkur mintaqa davlatlari bilan ko‘p tomonlama madaniy-gumanitar munosabatlari, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasida O‘zbekiston va Janubi–Sharqiy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligi hamda mintaqaning rivojlangan mamlakatlari yuqori reytingga ega oliy o‘quv yurtlari filiallarini, sog‘liqni saqlash muassasalarini ochish imkoniyatlari kabi ilmiy yangiliklarga oid ma’lumotlardan “O`zbekiston tarixi” telekanalining “Sayyor dars” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 02-10-1631-son  ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligi, shuningdek, xalqimizning ko‘hna va boy tarixi, jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ilmiy, diniy, madaniy va ma’naviy hissasi to‘g‘risida kengroq ma’lumot olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish