Boboev Feruz Sayfilloevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Osiyoda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat tarixi (1925-1935 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.3.DSs/Tar168.
Ilmiy maslahatchi: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Murtazaeva Rahbar Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Hayitov Shodmon Axmedovich, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaev Muzrobjon G‘ulomovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘rta Osiyoda 1925-1935 yillarda sovet hokimiyatiga qarshi kurashning milliy-ozodlik harakatlari tarixida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyoda sovet hokimiyatiga qarshi kurashning kuchayishiga qizil askarlarning zo‘ravonliklari, talonchiliklari va ocharchilik, er-suv “islohoti” va jamoalashtirish davrida aholining mol-mulki musodara qilinishi, siyosiy (saylash, saylanish), ijtimoiy (tibbiy xizmatdan foydalana olmagan, farzandlari maktablardan chetlatilgan) huquqlardan mahrum etilishi, ziyolilarning qatag‘on qilinishi, masjid va madrasalar yopilib islom dinining cheklanishi kabi omillar ta’sir qilganligi aniqlangan;
kurashning harakatlantiruvchi kuchi ulamolar, savdogarlar, dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlardan tarkib topganligi, janglarda erkaklardan tashqari ayollar, keksalar va bolalar ishtirok etganligi, qatnashchilar ijtimoiy jihatdan boy, o‘rtahol va kambag‘al toifalaridan iborat bo‘lganligi bilan umumiy xalq harakatiga aylanganligi aniqlangan;
qurolli harakatni bostirishda sovet hokimiyati harbiy va jazo siyosatidan tashqari muzokaralar ham o‘tkazib, bu jarayonda qo‘rboshilarning oziq-ovqat to‘plashiga, dam olishiga, aholi orasida obro‘sini oshishiga imkoniyat bermaslik maqsadida hech qanday tantanaga yo‘l qo‘ymasdan, shartnoma va hujjatlar rasmiylashtirmasdan qo‘zg‘olonchilarni taslim bo‘lishlariga da’vat etilganligi aniqlangan;
O‘rta Osiyoda qurolli harakatni tugatish va aholini sovet hokimiyati tomoniga og‘dirib olish maqsadida taslim bo‘lganlarga, muhojirlikdan qaytganlarga uch oydan bir yilgacha muddatga qishloq xo‘jaligi solig‘idan ozod qilish, xo‘jaligini tiklashi uchun kredit va ssudalar ajratish kabi imtiyozlar berilganligi dalillangan;
qurolli harakatning mag‘lubiyatga uchrashida kurash rahbarlarining yagona boshqaruvga birlashmaganligi, siyosiy dasturining yo‘qligi, moddiy va harbiy ta’minotning etishmasligi, O‘rta Osiyoga Markazdan ko‘plab askarlar yuborilib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi samolyotlar, tanketkalar va to‘plardan foydalanilganligi, mintaqadagi kurashlarni qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli musulmon davlatining yo‘qligi sabab bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘rta Osiyoda sovet hokimiyatiga qarshi kurashning kuchayishiga qizil askarlarning zo‘ravonliklari, talonchiliklari va ocharchilik; er-suv “islohoti” va jamoalashtirish davrida aholining mol-mulki musodara qilinishi, siyosiy (saylash, saylanish), ijtimoiy (tibbiy xizmatdan foydalana olmagan, farzandlari maktablardan chetlatilgan) huquqlardan mahrum etilishi; ziyolilarning qatag‘on qilinishi; masjid va madrasalar yopilib islom dinining cheklanishi kabi omillar ta’sir qilganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar va materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining FA-A-G028 P3-2014-0912205347 raqamli “O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari (1924-1925 y.)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 1 martdagi 3/1255-494-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi O‘rta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni birlamchi manbalar asosida chuqurroq yoritib berishga imkon yaratgan;
qurolli harakatni bostirishda sovet hokimiyati harbiy va jazo siyosatidan tashqari muzokaralar ham o‘tkazib, bu jarayonda qo‘rboshilarning oziq-ovqat to‘plashiga, dam olishiga, aholi orasida obro‘sini oshishiga imkoniyat bermaslik maqsadida hech qanday tantanaga yo‘l qo‘ymasdan, shartnoma va hujjatlar rasmiylashtirmasdan, sovg‘alarni qabul qilmasdan qo‘zg‘olonchilarni taslim bo‘lishlariga da’vat etilganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalar va materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarixi muzeyini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 5 iyuldagi 2/1953-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, yangi materiallar, tarixiy manbalar va ma’lumotlar, ilmiy iste’molga kiritilmagan arxiv hujjatlarining muzey ekspozisiyalarida namoyish etilishi tashrif buyuruvchilarning O‘rta Osiyoda sovet hokimiyatiga qarshi kurash tarixi bilan bog‘liq tasavvuri va tafakkurini kengayishiga, shuningdek, kamolga etayotgan yosh avlodga ona Vatanga muhabbat, mardlik va jasorat, qahramonlik kabi tuyg‘ularni shakllantirishdek mas’uliyatli vazifani bajarishga xizmat qiladi.
qurolli harakatning mag‘lubiyatga uchrashida kurash rahbarlarining yagona boshqaruvga birlashmaganligi, siyosiy dasturining yo‘qligi, moddiy va harbiy ta’minotning etishmasligi, O‘rta Osiyoga Markazdan ko‘plab askarlar yuborilib, qo‘zg‘olonchilarga qarshi samolyotlar, tanketkalar va to‘plardan foydalanilganligi, mintaqadagi kurashlarni qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli musulmon davlatining yo‘qligi sabab bo‘lganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “O’zbekiston tarixi” telekanalida ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 24 fevraldagi 06-28-461-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvlar mazmunini mukammallashtirishga, ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
O‘rta Osiyoda qurolli harakatni tugatish va aholini sovet hokimiyati tomoniga og‘dirib olish maqsadida taslim bo‘lganlarga, muhojirlikdan qaytganlarga uch oydan bir yilgacha muddatga qishloq xo‘jaligi solig‘idan ozod qilish, xo‘jaligini tiklashi uchun kredit va ssudalar ajratish kabi imtiyozlar berilganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan “O’zbekiston tarixi” telekanalida ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 14 yanvardagi 02-40-114-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yoshlarda vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish va rivojlantirishda xizmat qilgan;
kurashning harakatlantiruvchi kuchi ulamolar, savdogarlar, dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlardan tarkib topganligi, janglarda erkaklardan tashqari ayollar, keksalar va bolalar ishtirok etganligi, qatnashchilar ijtimoiy jihatdan boy, o‘rtahol va kambag‘al toifalaridan iborat bo‘lganligi bilan umumiy xalq harakatiga aylanganligi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan ikki jildlik “O‘zbekiston tarixi (1917 – 1991 y.)” nomli kollektiv monografiyada (Birinchi kitob. Toshkent: “O’zbekiston”, 2019. 216-235 betlar) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 1 martdagi 3/1255-494-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat tarixi, maqsadi va mohiyati hamda uning ahamiyatini o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratgan.