Xabilov Bexzod Nig‘mon o‘g‘lining
fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy osteoplastik ashyoni qo‘llash bilan jag‘ suyaklarining bo‘shliqli nuqsonlarini osteoplastikasi (klinik-eksperimental tadqiqot)», 14.00.21-Stomatologiya, 03.00.01-Bioximiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib659.
Ilmiy maslaxatchilar: Akbarov Avzal Nigmatullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulyaganov Dil`shat Ubaydullaevich, texnik fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Keun Woo Lee, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Dalimova Suraya Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Amolnullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navara universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jag‘ suyaklarining bo‘shlig‘i nuqsonlarini tiklash uchun yangi pasta xolatidagi kompozisiyani yaratish va  uni klinik-eksperimental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz ning, unikal kimyoviy shakli borligi va  SBF suniy muxutida, Si-O va Na+, bog‘lamlar  va ionlar xisobiga gidroksiappatit xosil qilishi aniqlangan;
ilk bor suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz ni qo‘llangan eksperimental xayvonlarda o‘lim darajasi o‘tkazilganidan so‘ng, xomashyo LD50 - 2231,85 mg/kg ga teng bo‘lgani aniqlandi, shu sababli ko‘rsatkich Sidorov tasnifi bo‘yicha Oss.uz ni kam toksikligi bo‘lgan xomashyo guruxiga kiritilishi aniqlangan; 
suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz qo‘llanilingan eksperimental xayvonlarda shamollash belgilari mavjudligi ko‘rsatuvchi, ALT, AST, ALP, ko‘rsatkichlar  miqdori norma darajasidaligi aniqlangan;
in vivo tadqiqoti amalga oshirilgan eksperimental xayvonlarda va bemorlarda olingan 3D rentgen va uning asosida amalga oshirilgan densitometriya ko‘rsatkichlari, suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz ni Xaunsfil`d ko‘rsatkichi, 6 oydan so‘ng osteoplastika olib borilgan soxada 1233 Hu teng bo‘lgani aniqlangan;
suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz qo‘llanilingan bemorlarda, FNO-a ko‘rsatkichi ruxsat etilagan qiymatga oshgani asosida, osteoplastik xomshyo implantatsiya qilingan soxada nekroz va shamollash belgilari yo‘qligi asoslangan;
suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz qo‘llanilingan bemorlarda, 6 oydan so‘ng, morfologik tekshiruvlardan so‘ng, suyak bilan kontakt joyida chegara bo‘ylab bo‘shliqlar rezorbsiya soxasiga yaqinroq va muntazam ravishda joylashgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sintetik bioaktiv pasta xolatidagi osteoplastik xomashyo Oss.uz ni ishlab chiqish, ekperimental va klinik tadqiqotlarda samaradorligini baholashning natijalari asosida:
“Sostav biologicheski aktivnogo kompozita dlya vosstanovleniya defektov chelyustno-lisevix kostey” buyicha Uzbekiston Respupblikasi Intellektual mulk agentligini ixtiroga patent uchun ma’lumotnoma olingan (№ IAP 06593). Ixtiro qilingan osteoplastik xomashyo jag‘ suyaklari  g‘ovaksimon nuqsonlarini samarali tiklash imkonini berdi.
yuz jag‘ g‘ovaksimon nuqsonlarini tiklangan bemorlarda maxalliy ximoya omillari natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ekonomicheskaya effektivnost` pastoobraznogo osteozameshhayushhego materiala pri vosstanovlenii polostnix defektov chelyustno-lisevoy oblasti» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiklangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 27.06.2022 yilda №8 n-r/729-son bilan tasdiqlangan). Mazkur uslubiy tavsiyanoma suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz qo‘llanilingan bemorlarda, xomashyo bemorlarning immun tizimiga salbiy ta’iri yoqligini aniqlash imkonini bergan.
yuz jag‘ g‘ovaksimon nuqsonlarini tiklangan bemorlarda biokimyoviy ko‘rsatkichlari ilmiy natijalar asosida «Optimizatsiya zameshheniya polostnix defektov chelyustnix kostey s pomoshh`yu primeneniya pastoobraznogo osteozameshhayushhego materiala» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiklangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 27.06.2022 yilda №8 n-r/730 -son bilan tasdiqlangan). Mazkur uslubiy tavsiyanoma suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz qo‘llanilingan bemorlarda jaroxat atrofidagi maxalliy shish belgisini 1,8 barobar kamayganini aniqlash imkonini bergan.
suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz qo‘llanilingan ekperimental xayvonlar ichki a’zolarini taxlili asosida ishlab chikilgan «Morfologicheskie pokazateli xronicheskoy toksichnosti otechestvennogo pastoobraznogo osteozameshhayushhego materiala» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiklangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 01.03.2022 yilda № 8 n-r/216 -son bilan tasdiqlangan). Mazkur uslubiy tavsiyanoma suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz, qo‘llanilingan eksperimental xayvonlarda zaxarlanish belgilari yoqligini aniqlashga imkonini bergan.
Mahalliy osteoplastik ashyoni qo‘llash bilan jag‘ suyaklarining bo‘shliqli nuqsonlarini osteoplastikasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, «2-sonli bolalar stomatologiya klinikasi», «ORTHO CURE»,  «ALPHA-MED» xususiy klinikalarida mahalliy suyak o‘rnini bosuvchi materialni ishlab chiqish va samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari joriy etildi. Natijada suniy osteoplastik xomashyo Oss.uz qo‘llanilingan bemorlarda jaroxat atrofidagi maxalliy yallig‘lanish tez tiklanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish