Nomdorov Rustam Uralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Baland pog‘onalar qiyaligini botiq profilda shakllantirish orqali kar`er bortlarining turg‘unligini oshirishni ilmiy asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T670.
Ilmiy rahbar: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Shuhrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ochilov Shuxratulla Atoevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi baland pog‘onalar qiyaligini botiq profilda shakllantirish orqali kar`er bortlarining turg‘unligini oshirish va tog‘ jinslarini deformatsiyalanish qonuniyatlarini hisobga olgan holda pog‘onalarni qiyalashtirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha texnologik echimlarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgarmaydigan egri chiziqli yuza va aylana silindrli kuchni algebrali qo‘shish usuli yordamida turg‘unlik koeffisientini belgilash orqali kar`er bortlarini turg‘unligi aniqlangan;
pog‘ona qiyaligini balandligi va o‘pirilishi mumkin bo‘lgan prizma kengligini qatlamlarni tushish burchagiga va belgilangan xususiyatli massivlar uchun qiyalik burchakga bog‘liqligi aniqlangan;
baland pog‘onalarni uchta pog‘onachalarga ajratish orqali ratsional balandlik va har qaysi pog‘onani uni turli nishabligida qiyalik burchagi aniqlangan va muxandislik hisoblashlarda uni formulasi ishlab chiqilgan;
kar`er bortlarini deformatsiyalanishini kuzatish uchun nazoratni avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish, ochiq kon ishlari ob’ektlarini sifatli nazoratini kelajakda yaxshilash hamda vaqtinchalik deformatsiyalanishini oldindan baholash va xabardor qilishni sifatligi va tezkorligini aniqlash metodikalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Baland pog‘onalar qiyaligini botiq profilda shakllantirish orqali kar`er bortlarining turg‘unligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
bir nechta texnologik pog‘onalarni bittada birlashtirish orqali baland pog‘onalarni hosil bo‘lishi imkonini beruvchi qoldiq deformatsiya zonasida pog‘onalarni qiyalashtirish sxemasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Qalmoqqir va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning Zarmitan konlarida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 25 oktyabrdagi 01-02-5-ChX-22-10-0118-son va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 oktyabrdagi 23.01-01-07/651-son ma’lumotnomalari). Natijada, kar`er bortlari va qiyalikni turg‘unligiga ta’sir qiluvchi barcha muxandislik-geologik omillar namoyon bo‘lgan, pog‘onalarni sifatli qiyalashtirish ta’minlangan va kar`er konturi ortidagi massivlarni butunligicha saqlash shuningdek kon ishlarini xavfsiz olib borilishini ta’minlash imkonini bergan;
baland pog‘onalar qiyaligini botiq profilda shakllantirish orqali kar`er bortlarining turg‘unligini oshirish uchun ishlab chiqilgan usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning Qalmoqqir va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning Zarmitan konlarida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 25 oktyabrdagi 01-02-5-ChX-22-10-0118-son va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 oktyabrdagi 23.01-01-07/651-son ma’lumotnomalari). Natijada, qiyalik burchagi 700 bo‘lgan 30 metrli pog‘onada turg‘un qiyalik hosil qilindi va bortlarni qo‘shimcha kengaytirish zaruriyati bartaraf etildi hamda bir vaqtning o‘zida pastki gorizontlarda kon ishlarini xavfsiz tashkil qilish imkonini bergan.