Gafurov Akmal Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qashqadaryo havzasi suv resurslari monitoringi va uni optimal boshqarishda geoaxborot tizimlaridan foydalanish», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Gr133.
Ilmiy rahbar: Axmedova Tamara Abduraximovna, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Umirzaqov G‘ulom O‘ngarboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo havzasi suv resurslari monitoringi va uni optimal boshqarishda innovatsion texnologiyalar asosida gidrologik prognozlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo havzasiga tushayotgan yog‘ingarchilikning suyuq (yomg‘ir) holatdan qattiq (qor) holatga o‘tish haroratini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo havzasida qor qoplami qalinligini aniqlashning empirik ifodasi va uning SNOWMELT matematik modeli ishlab chiqilgan;
masofadan zondlash ma’lumotlari asosida qor qoplami maydoni va indeksini hisoblash algoritmi yaratilgan;
Qashqadaryo havzasi uchun masofadan zondlash orqali olingan qor qoplami ma’lumotlari asosida daryo oqimini prognozlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qashqadaryo havzasi suv resurslarini monitoringi va uni optimal boshqarishda GAT texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo havzasidagi yog‘ingarchilikning suyuq (yomg‘ir) holatdan qattiq (qor) holatga o‘tish haroratini aniqlash usulidan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida daryo oqimini uzoq muddatli prognozlashda daryo havzasidagi yog‘in turini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 16 iyundagi 01-15/703-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘in turiga qarab daryo oqimini uzoq muddatli prognozi aniqligini oshirish imkonini bergan;
daryo havzasida qor qoplami qalinligini aniqlovchi SNOWMELT matematik modelidan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida Qashqadaryo havzasidagi qor zaxiralarini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 16 iyundagi 01-15/703-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo havzasidagi qor qoplami qalinligini masofadan aniqlash imkoniyati yaratilgan;
masofadan zondlash ma’lumotlari asosida qor qoplami maydoni va indeksini hisoblash algoritmidan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida Qashqadaryo havzasida qor qoplami indeksini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 16 iyundagi 01-15/703-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo havzasi uchun gidrologik prognozlashda qor qoplami indeksidan foydalanish imkonini bergan;
qor qoplami ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan daryo oqimini prognozlash usuli hamda tavsiya etilgan formulalardan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazida Qashqadaryo daryosi oqimini uzoq muddatli prognozlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining 2022 yil 16 iyundagi 01-15/703-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo havzasi suv resurslarini optimal boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga aniqlik kiritish imkonini bergan.