Nazarov Abdug‘affor Abdujabbarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida (O‘zbekiston qismi) tabiatni muhofaza qilishning ekologik-geografik asoslari», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSs/Gr25.
Ilmiy maslahatchi: Rafiqov Vahob Asomovich, geografiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi  DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Ibragimov Lutfullo Ziyadullaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Yunusov Golib Xodjaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida tabiatdan foydalanish jarayonining ekologik-geografik jihatlarini ilmiy asoslash orqali, uning muhofaza barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysining markaziy botiq qismida ikkilamchi sho‘rlanish, adirlarida irrigatsiya eroziyasi, tog‘oldi-tog‘ qismida sel jarayonlariga qarshi tadbirlar tabiat muhofazasida ustuvorligi asoslangan; 
Farg‘ona vodiysi er-suv resurslaridan foydalanish oqibatida landshaftlarning o‘zgarishi (o‘zgarmagan, kuchsiz o‘zgargan, o‘rtacha o‘zgargan, irrigatsion o‘zgartiralayotgan, kuchli muhandislik o‘zgargan) va yuzaga kelgan ekologik vaziyat (qulay, tang, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat) baholangan;
Farg‘ona vodiysi landshaftlarida salbiy ekologik vaziyatni vujudga keltiruvchi asosiy manbalar (gazsimon chiqindilar, og‘ir elementlar, pestisidlar) aniqlangan va ularning ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Farg‘ona vodiysi tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan rayonlashtirish asosida tabiatdan oqilona foydalanish, tabiiy va antropogen jarayonlarga qarshi kurashish hamda ekologik vaziyatni yaxshilash chora-tabirlari ishlab chiqilgan.
Farg‘ona vodiysi landshaftlari, ekologik vaziyati va tabiiy jarayonlarining ArcGIS dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish, generalizatsiya qilish va guruhlashtirish asosida o‘rta masshtabli (1:200000) landshaft, tabiiy geografik jarayonlar, landshaft-meliorativ va tabiatni muhofaza qilish kartalari yaratilgan; 
tabiiy geografik jarayonlarning oldini olish va ularning xavfini kamaytirish, buzilgan erlarni rekul`tivatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Farg‘ona vodiysida (O‘zbekiston qismi) tabiatni muhofaza qilishning ekologik-geografik asoslari bo‘yicha olingan natijalar, ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysida turli tabiiy geografik jarayonlar, jumladan markaziy botiq qismida ikkilamchi sho‘rlanish, eroziyaning barcha turlari, cho‘llanish, adirlar mintaqasida suv eroziyasi, surilmalar, jarlanish, tog‘li va tog‘oldi tekisliklarida sel jarayonlarini oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 01-02/7-238-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysi tabiatidan iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishda ushbu jarayonlarni prognozlashtirish va ularning salbiy oqibatlariga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
 Farg‘ona vodiysi er-suv resurslaridan foydalanish oqibatida landshaftlarning o‘zgarish darajasi va yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholash natijalari er va suv resurslardan foydalanish va muhofaza qilishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 01-02/7-238-son ma’lumotnomasi). Natijada, vodiy geotizimlarining o‘zgarish darajasini balandlik mintaqalanishi bo‘yicha aniqlash, er va suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan foydalanishni tartibga solish imkonini bergan; 
Farg‘ona vodiysi landshaftlarida salbiy ekologik vaziyatni vujudga keltiruvchi asosiy manbalar aniqlangan va ularni ta’sirini kamaytirishga oid amaliy chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 01-02/7-238-son ma’lumotnomasi). Natijada, Farg‘ona vodiysining tekislik, adir, tog‘oldi va tog‘ hududlarida yuzaga kelayotgan salbiy geoekologik vaziyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan; 
Farg‘ona vodiysi tabiatini muhofaza qilish nuqtai nazaridan rayonlashtirish asosida ishlab chiqilgan tabiatdan oqilona foydalanish, tabiiy va antropogen jarayonlarga qarshi kurashish hamda ekologik vaziyatni yaxshilash chora-tabirlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 7 maydagi 01-02/7-238-son ma’lumotnomasi). Natijada, ular vodiy viloyatlari tabiatidan foydalanish va muhofaza qilish ishlarini yanada takomillashtirish imkonini bergan; 
Farg‘ona vodiysi landshaftlari, ekologik vaziyati va tabiiy jarayonlarining ArcGIS dasturida yaratilgan 1:200000 masshtabli “Landshaft”, “Tabiatdan foydalanish”, “Tabiiy geografik jarayonlar”, “Landshaft-meliorativ” va “Tabiatni muhofaza qilish” kartalari O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridgai Kadastr agentligi   2022 yil 1 noyabrdagi 03-03-925-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasining “O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” bo‘limi mazmunini boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan; 
tabiiy geografik jarayonlarning oldini olish va ularni  xavfini kamaytirish, buzilgan erlarni rekul`tivatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridgai kadastr agentligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi 2022 yil 1 noyabrdagi 03-03-925-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Milliy atlasining “Sug‘oriladigan erlar irrigatsiyasi va melioratsiyasi” bo‘limi mazmunini boyitish, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyatini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish