O‘zbekiston Respublikasi OAK
Rayosatining 2013 yil 11 apreldagi
197/3-son qarori bilan tasdiqlangan
Doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalari e’lon qilinishi lozim bo‘lgan respublika va xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarini OAK ro‘yxatiga kiritish uchun
TALABLAR
Respublika jurnallari uchun talablar
1. Jurnalning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi.
2. Jurnalning tegishli fan sohasi yo‘nalishida ixtisoslashgan bo‘lishi.
3. Tegishli hollarda ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha ilmiy ruknning mavjudligi.
4. ISSN (seriyali nashrning xalqaro standart raqami) ro‘yxatga olish raqamining mavjudligi.
5. Jurnalning rasmiy veb-sayti yoki veb-sahifasining mavjudligi.
6. Chop etiladigan materiallarni taqrizdan o‘tkazishning majburiyligi (zarur hollarda OAK so‘rovi asosida tegishli taqrizni taqdim etishning majburiyligi).
7. Tahririyat a’zolari tarkibida tegishli fan sohasi bo‘yicha kamida 3 nafar fan doktori ilmiy darajasiga ega mutaxassisning mavjudligi.
8. Chop etiladigan ilmiy maqola quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro‘yxatining keltirilishi va ilmiy maqolaning kamida 0,25 bosma taboq hajmda bo‘lishi;
- ilmiy maqolada muammoning qo‘yilishi; materialning nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxtaligi; manbalarning ishonchliligi; muammo, xulosa, taklif va tavsiyalarning etarlicha asoslanganligi.
9. Nashrni baholash bo‘yicha tegishli ilmiy-o‘quv tuzilmalarning (kafedra yoki laboratoriya) mavjudligi.
10. Oliy ta’lim va ilmiy tashkilot kengashining tavsiyasi bo‘lishi. Boshqalar tomonidan tavsiya etilgan jurnallar bo‘yicha ta’sischilar tarkibida oliy ta’lim yoki ilmiy tashkilotning bo‘lishi.
Xorijiy jurnallar uchun talablar
1. Jurnalning tegishli fan sohasi yo‘nalishida ixtisoslashgan bo‘lishi.
2. ISSN ro‘yxatga olish raqamining mavjudligi.
3. Jurnalning rasmiy veb-sayti yoki veb-sahifasining mavjudligi.
4. Chop etiladigan materiallarni taqrizdan o‘tkazilishi.
5. Jurnal tahririyati a’zolari tarkibida tegishli fan sohasi bo‘yicha mutaxassislarning mavjudligi.
6. Chop etiladigan ilmiy maqolada muammoning qo‘yilishi; materialning nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxtaligi; manbalarning ishonchliligi; muammo, xulosa, taklif va tavsiyalarning etarlicha asoslanganligi.
Izoh: Impakt-faktorga ega jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar OAK ro‘yxatidagi jurnallarda chop etilgan maqolalar sifatida qabul qilinadi.