Alimova Diloram Abdukarimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  «Qizilmiya ildizi chiqindisidan tolali yarim tayyor mahsulot va qog‘oz olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.05 – Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1162.
Ilmiy rahbar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Xaydar Ergashovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Saypiev Tursunpo‘lat  Sobitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizilmiya ildizi chiqindisidan (QMICh) tolali yarim tayyor mahsulotlar olish va ular asosida qog‘oz turlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qizilmiya ildizi chiqindisidan sellyuloza olishning qaynatish-oqartirish usuli ishlab chiqilgan va ushbu usulning ilmiy amaliy asoslari yaratilgan;
qizilmiya ildizi chiqindisidan olingan sellyulozaning morfologik tuzilishi bo‘yicha yog‘och sellyulozasiga o‘xshashligi yuzaviy sorbsion xossasi bo‘yicha paxta, masxar va somon sellyulozasidan farq qilishi ilmiy asoslangan;
qizilmiya ildizi chiqindisidan olingan sellyuloza va mexanik massa turlarini tegishli qog‘oz assortimentlarini ishlab chiqarishda kompozisiyada qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
ilk bor qizilmiya ildizi chiqindisidan olingan sellyuloza tarkibi bo‘yicha uni kislotali va tabiiy bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash imkoniyati ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qizilmiya ildizi chiqindisidan tolali yarim tayyor mahsulot va qog‘oz olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qizilmiya ildizi chiqindisidan sellyuloza olish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi “Gigro farm texno” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasini 2022 yil 29 iyuldagi 03/23-2275- sonli ma’lumotnomasi.) Natijada, ikkilamchi resurslardan import o‘rnini bosuvchi, oqartirilgan va oqartirilmagan sellyuloza olishga va ekologik muammolarni hal etishga erishilgan;
rangli o‘ram-qadoqlash qog‘ozlarini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (FAP 02058 24.03.2022 yil). Natijada qog‘oz massasini oziq-ovqat sanoati chiqindilari bilan bo‘yashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish