Maxammadiev Farrux Mirazimovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
1.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidroelektrstansiyalarda elektr energiyasi hosil qilishni geoaxborot tizimlari asosida bashorat qilish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1823.
Ilmiy rahbar: Tursunov Baxtiyar Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaev Asqarbek Ilashevich - texnika fanlari doktori, professor. Qodirov Dilshod Botirovich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidroelektrstansiyalarning elektr energiya hosil qilish salohiyatini geoaxborot tizimlari texnologiyalari asosida bashoratlash uslubini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qor qoplamining hosil bo‘lishi, tog‘ daryolari, suv oqimi va muzliklarni qoplanish darajasini hisobga olgan holda gidroelektrstansiyalarda elektr energiya hosil qilishni bashoratlash usuli takomillashtirilgan;
qor qoplami holatini masofadan monitoring qilish va gidrometeorologik omillar ta’sir darajasi asosida ishlab chiqariladigan elektr energiya miqdorini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
gidroelektrstansiyalarning elektr energiya hosil qilishga ta’sir etuvchi faktorlar va ehtimoliy-statistika usuli asosida suv oqimini hisoblash matematik modeli ishlab chiqilgan;
suv oqimini tashkil etuvchi omillar asosida gidroelektrstansiyalarda elektr energiya hosil qilish modeli va algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Energetika tizimida gidroelektrstansiyalarda elektr energiyasi hosil qilishni geoaxborot tizimlari asosida bashorat qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tog‘ daryolari oqimi va gidrologiyasini uzoq muddatli bashoratlashda geoaxborot tizimlari texnologiyalaridan foydalanish usuli Toshkent viloyati Ekologiya atrof muxitni muhofaza qilish boshqarmasida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 2022 yil 13 oktyabrdagi 03/02-7-2216-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘ daryolari oqimi va gidrologiyasini uzoq muddatli bashoratlash uslubini joriy etilishidan kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 29,5 mln so‘mni tashkil etgan.