Fayzieva Nilufar Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1079.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Bibisora Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gadoev Suxrob Jumaqulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat korxonalarini moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ob’ektlarini “nol`” xarid qiymatida sotish amaliyotini bekor qilish orqali davlat unitar korxonalarini xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirish jarayonidagi tashkiliy-moliyaviy muammolarni bartaraf etish hamda korxonalarni transformatsiyalashuv jarayoni samaradorligini ta’minlash asoslangan;
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirishga homiylik va boshqa beg‘araz yordam uchun yuqori boshqaruv va ijro organlari hujjatlariga asosan yo‘naltiriladigan mablag‘larning qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdoridan ortiq qismini davlat ulushi bo‘yicha dividendlar sifatida tan olish taklifi asoslangan;
mamlakat iqtisodiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan, strategik sohalarga oid ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqini (oltin aksiyani) bekor qilish taklifi ishlab chiqilgan;
davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tegishli ravishda ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanish  tartibini joriy qilish asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
davlat ob’ektlarini “nol`” xarid qiymatida sotish amaliyotini bekor qilish orqali davlat unitar korxonalarini xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirish jarayonidagi tashkiliy-moliyaviy muammolarni bartaraf etish hamda korxonalarni transformatsiyalashuv jarayoni samaradorligini ta’minlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 27 oktyabrdagi PF-6096-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 16 maydagi 06/04-01-01-37/1596-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida davlat va uning ishtirokidagi korxonalarda moliyalashtirish mexanizmlarini yanada soddlashtirish, ularda moliyaviy boshqaruv samaradorligiga oshirish imkoni yaratilgan;
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirishga homiylik va boshqa beg‘araz yordam uchun yuqori boshqaruv va ijro organlari hujjatlariga asosan yo‘naltiriladigan mablag‘larning qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdoridan ortiq qismini davlat ulushi bo‘yicha dividendlar sifatida tan olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi “2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 166-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 16 maydagi 06/04-01-01-37/1596-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarda moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish, ularda moliyaviy resurslarni oqilona boshqarish, mazkur turdagi korxonalarda moliyalashtirish tartiblarini yanada takomillashtirishga erishilgan; 
mamlakat iqtisodiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan, strategik sohalarga oid ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqini (oltin aksiyani) bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi “2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 166-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 16 maydagi 06/04-01-01-37/1596-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyalashtirish hamda bu boradagi strategik maqsadlarni to‘g‘ri aniqlashning uslubiy asosini yanada takomillashtirishga erishilgan;
davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tegishli ravishda ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanish  tartibini joriy qilish borasidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 16 maydagi 06/04-01-01-37/1596-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning joriy qilinishi natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarda sof foydani adolatli taqsimlash, ularda divedend siyosatini optimal amalga oshirish, davlatning moliyaviy aktivlaridan samaradorlikni oshirish hamda davlat byudjetiga qo‘shimcha zaxira mablag‘larni jalb qilishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish