Muratbaeva Zamira Sharapatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ipak qurti urug‘chiligi tizimini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1091.
Ilmiy rahbar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqam: Qoraqalpoq davlat universiteti, RhD. 03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazarbaev Orinbay, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi ipak qurti urug‘chiligi tizimini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipak qurti urug‘ini etishtirishda elita va sanoat duragay urug‘lari iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari duragay urug‘ning xorijiy uruqqa nisbatan miqdoriy koeffisenti negizida takomillashtirilgan, sifatli urug‘liklarga iqtisodiy baho berishda xorijiy pilla urug‘ligiga nisbatan miqdor jihatidan (Km) va qiymat jihatidan (Kq) koeffisientlar taklif qilingan;
ipak qurti urug‘chiligi tizimida ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyasini chuqurlashtirish, ipak qurti urug‘chiligi tizimini rivojlantirish va yangi zot hamda duragaylarini yaratishni tezlashtirishga qaratilgan ipak qurti ilmiy kooperativini tashkil qilishga asoslangan, kooperativning tashkiliy-boshqaruv tuzilmasi ishlab chiqilgan;
pilla urug‘chiligi tizimini rivojlantirishda yangidan ipak qurti zotlarini yaratishni rag‘batlantirish, yangi zotlarni joriy qilish darajasini kengaytirish maqsadiga ipak qurti zotlari muallif (seleksioner)larini hududlarda amaliyotga joriy etilgan ipak qurti urug‘i miqdoriga mutanosib ravishda moddiy rag‘batlantirish mexanizmi taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida pillachilik sohasida ishlab chiqarishni intensivlashtirishni inobatga olgan holda ipak qurti urug‘ini tayyorlash miqdori hamda tutzorlar maydonlari o‘zgarishining 2025 yilgacha davrga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishining ilmiy takliflari va amaliy tavsiyalari asosida quyidagilar joriy etildi:
ipak qurti urug‘larining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini elita urug‘lar va sanoat duragay urug‘lari kabi klassifikatsiyalarga ajratgan holda takomillashtirilganligi to‘g‘risidagi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 avgustdagi 04/019-2275-son ma’lumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 17 avgustdagi 123-08-son ma’lumotnomasi). Bu ipak qurti urug‘chiligi korxonalarining iqtisodiy samaradorligiga baho berishda aniqlik darajasining oshirishga, sifat ko‘rsatkichlarini baholashga, shuningdek, ipak qurti urug‘larining sinflariga ko‘ra individual yondashuvlarning shakllanishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik tizimiga o‘zining ijobiy samarasini beradi. Xususan bu Qoraqalpog‘iston Respublikasida ipak qurti urug‘larining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini elita urug‘lar va sanoat duragay urug‘lari kabi ko‘rsatkichlar orqali aniqlash natijasida ishlab chiqarish samaradorligini 15-20 foizgacha oshirish asoslangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ipak qurti urug‘chiligi tizimida zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish, ipak qurti urug‘chiligida ilm, fan va amaliyotning integratsiyasini ta’minlash, urug‘ ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat zanjirining to‘liq siklining joriy etish maqsadida ilmiy klasterlarini tashkil etish bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 avgustdagi 04/019-2275-son ma’lumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 17 avgustdagi 123-08-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida istiqbolda tarmoqda ilm-fan-amaliyot integratsiyasi hisobiga ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish samaradorligini 15-20 foizga oshishi asoslangan;
Ipakchilik tarmog‘ida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xususan, ipak qurti urug‘chiligi tizimini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari hamda uni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 avgustdagi 04/019-2275-son ma’lumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 17 avgustdagi 123-08-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tarmoqda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini iqtisodiy rag‘batlantirish, qulay investision muhitning yaratilishi va tashabbuskor tadbirkorlarning qiziqish va manfaatdorligi ortib borishi asoslangan. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangidan tashkil etilayotgan ipak qurti urug‘chiligi korxonalarini soni va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 30-45 foizgacha ortib borish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrar tarmoqning, xususan, ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarishni intensivlashtirishni inobatga olgan holda ipak qurti urug‘ini tayyorlash miqdori va tutzorlar maydonlari o‘zgarishining 2025 yilgacha davrga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 avgustdagi 04/019-2275-son ma’lumotnomasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 17 avgustdagi 123-08-son ma’lumotnomasi). Bashoratlash borasidagi takliflari qisqa va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqishda o‘zining ijobiy samarasini bergan. Jumladan, ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar asosida tuzilgan vaqt bo‘yicha trend modellar Qoraqalpog‘iston Respublikasida sharoitida pillachilik tarmog‘i dinamikasini inobatga olgan holda ishlab chiqarishni tashkil qilishga, ishlab chiqarish samaradorligini 20 foizgacha oshirishi asoslangan.