Isakova Mu’azam Tulkinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson ruhiy salomatligining ijtimoiy-psixologik omillari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/P26.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mingbaevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Umarali Do‘stqobulovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson ruhiy salomatligining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash, tashkiliy-psixologik jihatdan samaradorligini oshirish va omillar ta’sirini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insonning ruhiy salomatligiga psixologik muhitning ta’sir etishi natijasida gomogen, geterogen jamoalardagi o‘zaro munosabatlarga «o‘ziga xissiy munosabatni» singdirilishi psixosotsial salomatlikning ijtimoiy-kognitiv komponentini ustuvor rivojlantirganligi tufayli shaxs psixoemotsional holatining ijtimoiy-psixologik determinatlari dalillangan;
insonning umumiy jismoniy holatining semantik rivojlanish indeksi, vegetativ asab tizimiga bog‘liqligi sababli, salomatlikning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy mezonlarini «idel va real Men»ning o‘zaro adaptiv munosabatida simpatik-parasimpatik, pozitiv-negativ, stenik, astenik hislarning gender emotsional differensiatsiyasini kuchayishi orqali shaxsning umumiy hayotiy moslashuvchanlik sindromi xavotirlanish darajasini o‘zgarishlariga ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
inson ruhiy salomatligining shaxslararo munosabatlarga bog‘liqligiga ko‘ra oila muhitining o‘ziga hos jihatlari bilan oilaviy hayotdan qoniqqanlik darajasini psixoemotsional rollar taqsimotiga, oila a’zolarining bir-biriga psixologik mosligiga, shaxs taraqqiyoti ko‘rsatkichlariga ijobiy emotsional hislarni shaxslararo munosabatlarda uyg‘un rivojlanishi «stressga bardoshlilik», «stressdan xalos bo‘lish», «stressni boshqarish» xususiyatlarini barqarorlashtirish zarurati tashkiliy-psixologik jihatdan dalillangan;
ruhiy salomatlikka nisbatan kognitiv, emotsional, xulqiy va motivatsion-qadriyatli munosabat ta’siri natijasida xavotirlanish darajasining o‘z-o‘ziga refleksiv munosabat bilan uyg‘un holda gerontogenezda integrativ rivojlanishi tufayli psixosotsial salomatlikning gender va ijtimoiy omillari differensiatsiyasi isbotlangan;
inson ruhiy salomatligining kognitiv, emotsional, motivatsion-qadriyatli komponentlarini xulqda ifodalanishiga ko‘ra psixomotor, intellekt, kommunikativ sohalardagi «quyi sezgirlik», «xotirjamlikka moyillik», «muloqotga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi» kabi xususiyatlarni «shaxsiy nazorat», «faollik», «plastiklik va emotsionallik» bilan integrativ rivojlanishi tufayli salomatlik indeksida indivilual-dinamik xususiyatlarning ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson ruhiy salomatligining ijtimoiy-psixologik omillari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
insonning ruhiy salomatligiga psixologik muhitning ta’sir etishi natijasida gomogen, geterogen jamoalardagi o‘zaro munosabatlarga «o‘ziga xissiy munosabatni» singdirilishi psixosotsial salomatlikning ijtimoiy-kognitiv komponentini ustuvor rivojlantirganligi tufayli shaxs psixoemotsional holatining ijtimoiy-psixologik determinatlariga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-5a – sonli buyrug‘iga asosan «Psixogigiena» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-5a – son buyrug‘i). Natijada inson ruhiy salomatligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar haqidagi ilmiy xulosalar va yangi tushunchalar bilan boyitilgan;
insonning umumiy jismoniy holatining semantik rivojlanish indeksi, vegetativ asab tizimiga bog‘liqligi sababli, salomatlikning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy mezonlarini «idel va real Men»ning o‘zaro adaptiv munosabatida simpatik-parasimpatik, pozitiv-negativ, stenik, astenik hislarning gender emotsional differensiatsiyasini kuchayishi orqali shaxsning umumiy hayotiy moslashuvchanlik sindromi xavotirlanish darajasini o‘zgarishlariga ta’sir ko‘rsatishiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-5a – sonli buyrug‘iga asosan «Psixogigiena» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-5a – son buyrug‘i). Natijada inson ruhiy salomatligini ta’minlanishiga ta’sir etuvchi jismoniy, ijtimoiy omillar haqidagi bilim va ilmiy xulosalar kengaytirilgan;
inson ruhiy salomatligining shaxslararo munosabatlarga bog‘liqligiga ko‘ra oila muhitining o‘ziga hos jihatlari bilan oilaviy hayotdan qoniqqanlik darajasini psixoemotsional rollar taqsimotiga, oila a’zolarining bir-biriga psixologik mosligiga, shaxs taraqqiyoti ko‘rsatkichlariga ijobiy emotsional hislarni shaxslararo munosabatlarda uyg‘un rivojlanishi «stressga bardoshlilik», «stressdan xalos bo‘lish», «stressni boshqarish» xususiyatlarini barqarorlashtirish zaruratining tashkiliy-psixologik jihatlariga oid taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-5a – sonli buyrug‘i «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-5a – son buyrug‘i). Natijada inson ruhiy salomatligi oiladagi shaxslararo munosabatlarga bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga va oila a’zolarida ijobiy emotsionallikni sifat jihatdan o‘sishiga erishilgan;
ruhiy salomatlikka nisbatan kognitiv, emotsional, xulqiy va motivatsion-qadriyatli munosabat ta’siri natijasida xavotirlanish darajasining o‘z-o‘ziga refleksiv munosabat bilan uyg‘un holda gerontogenezda integrativ rivojlanishi tufayli psixosotsial salomatlikning gender va ijtimoiy omillari differensiatsiyasiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-5a – sonli buyrug‘i asosan «Deviantologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi PM-5a – son buyrug‘i). Natijada inson ruhiy salomatligi uning o‘z salomatligiga nisbatan munosabatga bog‘liqligi hamda yosh, ma’lumotlilik darajasi, gender xususiyatlari, xududiy jihatdan farqlanishiga oid bilimlarning nazariy va amaliy imkoniyatlari oshirilgan;
inson ruhiy salomatligining kognitiv, emotsional, motivatsion-qadriyatli komponentlarini xulqda ifodalanishiga ko‘ra psixomotor, intellekt, kommunikativ sohalardagi «quyi sezgirlik», «xotirjamlikka moyillik», «muloqotga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi» kabi xususiyatlarni «shaxsiy nazorat», «faollik», «plastiklik va emotsionallik» bilan integrativ rivojlanishi tufayli salomatlik indeksida indivilual-dinamik xususiyatlarning ustuvorligiga oid takliflar va tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2021 yil 6 maydagi 01/193-sonli buyrug‘iga asosan ota-onalar bilan ishlash yillik ish rejasiga kiritilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2021 yil 6 maydagi 01/193-son buyrug‘i). Natijada markazga murojaat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ularning oilalari bilan ishlashning nazariy va amaliy uzviyligi ta’minlangan.