Xalilova Nargiza Ikromalievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaxs psixologik taraqqiyotini ta’minlashda refleksivlikni rivojlantirish», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/P19.
Ilmiy maslahatchi: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shoira Hamidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi refleksivlikni rivojlantirish orqali shaxs psixologik taraqqiyotini ta’minlash imkoniyatlarini aniqlash va takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs ontogenetik taraqqiyotiga ko‘ra, o‘zini o‘zi anglashning kognitiv, personalistik (ichki individual olam koordinatsiyasi), ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini interospektiv (o‘zini o‘zi tahlil qilish, o‘zini o‘zi tushunish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish) jarayonlarga ustuvorlik berish orqali «Men» obrazini autentet baholashni mo‘’tadillashtirish natijasida refleksiv rivojlanishning konseptual modeli «o‘z-o‘ziga yo‘nalganlik» komponentini biriktirish asosida takomillashtirilgan;
shaxs refleksivlik yo‘nalishlarini ijtimoiy intellektda ifodalanishi retrospektiv, real, ideal «Men» ni ijtimoiy perseptiv qobiliyatlar, ijtimoiy tafakkur, ijtimoiy xayol bilan integratsiyasi tufayli differensial ko‘p vektorli ta’sirga ega ekanligi asoslangan;
shaxs sub’ektiv olamining intrapsixik funksiyasini emotsional holatlar (hissiy ton, kayfiyat, stenik hislar) bilan uyg‘unlashuvi hissiyotlar differensiatsiyasining qadriyatlar transformatsiyasi ta’sirida intensivlashuviga asoslanib, shaxsiy refleksiyani rivojlantiruvchi psixoemotsional omil ekanligi dalillangan;
refleksivlik xususiyatini professional faoliyatga ta’siri natijasida ekstravert, introvert, ambivert tiplarining rivojlanishiga konstruktiv o‘z-o‘ziga munosabatni singdirish muhimligiga ko‘ra, «Refleksivlikning ustuvor strategiyalarini aniqlash» mualliflik metodikasini shaxs psixodiagnostikasida qo‘llash samarali ekanligi asoslanilgan;
shaxsda o‘zini o‘zi anglash komponentlariga psixokorreksion ta’sir ko‘rsatishda shaxsiy-semantik maydondagi intrapsixik refleksiyaning kognisiya, konatsiya jihatlarini kuchaytirishga asoslanib, «boshqalarga yo‘nalganlik», «dupleks (ikki tomonlama)» tipidagi refleksivlik strategiyalari ustuvor xarakterga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: shaxs psixologik taraqqiyotini ta’minlashda refleksivlikni rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
shaxs ontogenetik taraqqiyotiga ko‘ra, o‘zini o‘zi anglashning kognitiv, personalistik (ichki individual olam koordinatsiyasi), ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini interospektiv (o‘zini o‘zi tahlil qilish, o‘zini o‘zi tushunish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, irodaviy o‘zini o‘zi boshqarish) jarayonlarga ustuvorlik berish orqali «Men» obrazini autentet baholashni mo‘’tadillashtirish natijasida refleksiv rivojlanishning konseptual modeli «o‘z-o‘ziga yo‘nalganlik» komponentini biriktirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 27 dekabrdagi 18a-sonli buyrug‘iga binoan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 27 dekabrdagi PM 18a-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlar ilmiy-nazariy tayyorligini oshirishga erishilgan;
shaxs refleksivlik yo‘nalishlarini ijtimoiy intellektda ifodalanishi retrospektiv, real, ideal «Men»ni ijtimoiy perseptiv qobiliyatlar, ijtimoiy tafakkur, ijtimoiy xayol bilan integratsiyasi tufayli differensial ko‘p vektorli ta’sirga ega ekanligi asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 27 dekabrdagi 18a-sonli buyrug‘iga binoan «Shaxs psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 27 dekabrdagi PM 18a -son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarda ilmiy-psixologik izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yanada oshirilgan;
shaxs sub’ektiv olamining intrapsixik funksiyasini emotsional holatlar (hissiy ton, kayfiyat, stenik hislar) bilan uyg‘unlashuvi hissiyotlar differensiatsiyasining qadriyatlar transformatsiyasi ta’sirida intensivlashuviga asoslanib, shaxsiy refleksiyani rivojlantiruvchi psixoemotsional omil ekanligi dalillanganligi haqidagi xulosa chiqarish imkoniyatlari yuzasidan aniqlangan ma’lumotlar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibot-tashviqot va ilmiy-loyihaviy faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 11 fevraldagi 02/07-189-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
refleksivlik xususiyatini professional faoliyatga ta’siri natijasida ekstravert, introvert, ambivert tiplarining rivojlanishiga konstruktiv o‘z-o‘ziga munosabatni singdirish muhimligiga ko‘ra, «Refleksivlikning ustuvor strategiyalarini aniqlash» mualliflik metodikasini shaxs psixodiagnostikasida qo‘llash samarali ekanligi asoslanilganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 27 dekabrdagi 18a-sonli buyrug‘iga binoan «Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 27 dekabrdagi PM 18a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarning kasbiy faoliyati uslubiy jihatdan boyitilishiga erishilgan;
shaxsda o‘zini o‘zi anglash komponentlariga psixokorreksion ta’sir ko‘rsatishda shaxsiy-semantik maydondagi intrapsixik refleksiyaning kognisiya, konatsiya jihatlarini kuchaytirishga asoslanib, «boshqalarga yo‘nalganlik», «dupleks (ikki tomonlama)» tipidagi refleksivlik strategiyalari ustuvor xarakterga ega ekanligini isbotlashga oid takliflar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2020 yil 19 fevraldagi 06/65-sonli buyrug‘iga binoan axborot-konsalting faoliyatiga tadbiq etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2020 yil 19 fevraldagi 06/65-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-ona va bolalar murojaatlari bilan ishlashda psixokorreksion yo‘nalishdagi yordamni kuchaytirishga erishilgan.