Tovbaeva Mukaddam Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Muammoli oilalarning gender munosabatlarida psixologik despotizm profilaktikasi», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/P173.
Ilmiy rahbar: Akramova Feruza Akmalovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Nigora Xalimboevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muammoli oilalarning gender munosabatlarida psixologik despotizm xususiyatlarini empirik tadqiq etish asosida profilaktikasiga oid ilmiy-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muammoli oilalarning gender munosabatlarida despotik motivlar ifodalanishiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda psixik zo‘ravonlikni xukmronlikka intilishi xususiyati bilan integrativ namoyon bo‘lishida «al’ter Ego»ni susayishiga muvofiq agressiv o‘zgarishlarni kuchayishi mumkinligi dalillangan;
muammoli oilalarning gender munosabatlarida shaxsning empatik yondashuvini tarkib toptirish muhimligiga ko‘ra nizoli vaziyatlardagi xamkorlik strategiyasining sintonik muloqotda namoyon bo‘lishi o‘z-o‘ziga beradigan bahoni adekvatlashtirish orqali kuchayishi tufayli ruhiy salomatlikning kognitiv jihatini rivojlantirish zarurligi dalillangan;
gender munosabatlarda despotik hisni boshqarish ko‘nikmasini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, shaxs psixologik komponentlari orasida psixologik kayfiyat, ruhiy holat, o‘ziga ishonchni yuqori darajada ifodalanishi irodaviy sifatlar tendensiyasiga, differensial ta’sir etishi natijasida, uning yosh va jins xususiyatlariga ta’siri mavjudligi isbotlangan;
zo‘ravonlikka duch kelgan shaxslarni jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash uchun despotik holatni ijobiy o‘zgartirish muhimligiga ko‘ra psixologik profilaktika ishlarini introvensiya usulini qo‘llash zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoli oilalarning gender munosabatlarida psixologik despotizm profilaktikasi va uni takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
muammoli oilalarning gender munosabatlarida despotik motivlar ifodalanishiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda psixik zo‘ravonlikni xukmronlikka intilishi xususiyati bilan integrativ namoyon bo‘lishida «al’ter Ego»ni susayishiga muvofiq agressiv o‘zgarishlarni kuchayishi mumkinligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 25 sentyabrdagi PM-47a-sonli buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-47a-son ma’lumotnomasi). Natijada despotizm holatlarini yuzaga kelishida salbiy xulq-atvor xususiyatlari, gender xususiyatlarini ijtimoiy psixologik mohiyatini yoritishga erishilgan;
muammoli oilalarning gender munosabatlarida shaxsning empatik yondashuvini tarkib toptirish muhimligiga ko‘ra nizoli vaziyatlardagi xamkorlik strategiyasining sintonik muloqotda namoyon bo‘lishi o‘z-o‘ziga beradigan bahoni adekvatlashtirish orqali kuchayishi tufayli ruhiy salomatlikning kognitiv jihatini rivojlantirish zarurligi haqidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 25 sentyabrdagi PM-47a-sonli buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-47a-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy amaliy tadqiqot markazining 2020 yil 29 maydagi 01-11/280-son dalolatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi 2021 yil 11 iyundagi 02.02/158-son dalolatnomasi). Natijada zo‘ravonlik holatlarining xorij davlatlari hamda o‘zbek mavjud holatini taxlil etish asosida muammoli oilalarda despotizmning namoyon bo‘lish sabablarini aniqlash imkoni yaratilgan, fanlarni ilmiy manbalar bilan boyitishda, mahallabay tizimda mahalla mutaxassislarining oilalar bilan olib boradigan faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
gender munosabatlarda despotik hisni boshqarish ko‘nikmasini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, shaxs psixologik komponentlari orasida psixologik kayfiyat, ruhiy holat, o‘ziga ishonchni yuqori darajada ifodalanishi irodaviy sifatlar tendensiyasiga, differensial ta’sir etishi natijasida, uning yosh va jins xususiyatlariga ta’siri mavjudligiga oid isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 25 sentyabrdagi PM-47a-sonli buyrug‘iga asosan «Deviantologiya asoslari» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-47a-son ma’lumotnomasi). Natijada despotizmning o‘z-o‘zini baholash oila turlari va oila qurish motivlari bilan bog‘liq psixologik xususiyatlarini eskperimental aniqlangan, markaz mutaxassislariga amaliy tavsiyalar berilgan, psixologik jihatlarini izohlashga erishilgan;
zo‘ravonlikka duch kelgan shaxslarni jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash uchun despotik holatni ijobiy o‘zgartirish muhimligiga ko‘ra psixologik profilaktika ishlarini introvensiya usulini qo‘llash zarurligi isbotlangan takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 25 sentyabrdagi PM-47a-sonli buyrug‘iga asosan «Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 26 avgustdagi PM-47a-son ma’lumotnomasi). Natijada muammoli oilalarda despotizmga duch kelgan shaxslarning psixologik xizmat ko‘rsatuvchi reabilitatsiya markazlari xodimlari va psixologlari uchun profilaktik taklif-tavsiyalar ularning bilimlar saviyasini oshirishga xizmat qilgan.