Sobirova Dilafruz Abduroziqovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot xodimlari faoliyatida sotsial-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishi”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Psi31.  
Ilmiy maslahatchi: Muxamedova Muyasar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlar doktori, professor; Samarov Rustam Sadriddinovich falsafa fanlari doktori, professor; Ibodullaev Zarifboy Rajabovich,  tibbiyot fanlari doktori, professor.                                                                      
Yetakchi tashkilot: Qarshi  davlat universiteti                                                                              
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiyot xodimlari faoliyatida sotsial-psixologik kompetentlik omillarining namoyon etilishi va rivojlanishini aniqlash orqali o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot xodimlari sotsial-psixologik kompetentligida ijtimoiy kompetensiyalarni faoliyat samaradorligining asosiy omili sifatida namoyon bo‘lishi shaxslararo munosabatda ijtimoiy refleksiyani shakllanishi ularda diskommunikatsiyani engishga yo‘nalganlikni, emotsional bilimdonlik xususiyatlariga ustuvorlik berilishi sababli kasbiy kompetentlik  bilan bog‘liq psixologik  mummolarni  oldini olish ko‘nikmasini tarkib toptirishning muhim  jihati ekanligi dalillangan;
kasbiy faoliyat jarayonida ijtimoiy moslashuvchanlik, adekvat muloqotchanlik, ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlarini ta’siri natijasida tibbiyot xodimlarida «al`truizm»,  «o‘zga insonni kechinmalarini sezish», «o‘z hissiyotlarini to‘g‘ri boshqarish» omillarini kuchaytirish zarurligi sababli kasbiy, sotsial-psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish mumkinligi isbotlangan;
egokompetentlik va  autopsixologik komponentlarning o‘zaro munosabatlari, shaxslararo munosabatlar yo‘nalishida vaziyatlarni tushunish, empatiya mezonlarining ustuvorligini ta’minlashlari natijasida tibbiyot xodimlarida vaziyatni adekvat qabul qilish, ijtimoiy vaziyatga yo‘nalganlik, insonlarni tushunishga to‘g‘ri yondashish, ekstremal vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarining shakllanganligi faoliyat davomiyligiga bog‘liq ekanligi  isbotlangan;
shaxslararo munosabat motivatsiyasining kuchayishi individual, guruhiy ishlash  samaradorligiga olib kelishi sababli tibbiyot xodimlari sotsial-psixologik kompetentligining yuqori, o‘rta, quyi kabi darajalarini baholash ularning faoliyat samaradorligiga ijobiy ta’sir etishi mumkinligi isbotlangan; 
«Tibbiyot xodimlari kasbiy kompetentligini sotsial-psixologik omillar orqali ta’minlash modeli» tibbiyot xodimlarining irodaviy, emotsional, kommunikativ qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilganligi sababli kognitiv, xulqiy, hissiy mexanizmlarni  integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiyot xodimlari sotsial-psixologik kompetentlik omillarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tibbiyot xodimlari sotsial-psixologik kompetentligida ijtimoiy kompetensiyalarni   faoliyat samaradorligining asosiy omili sifatida namoyon bo‘lishi shaxslararo munosabatda ijtimoiy refleksiyani shakllanishi ularda diskommunikatsiyani engishga yo‘nalganlikni, emotsional bilimdonlik  xususiyatlariga ustuvorlik berilishi sababli kasbiy kompetentlik  bilan bog‘liq psixologik  mummolarni  oldini olish ko‘nikmasini tarkib toptirishning muhim  jihati ekanligiga oid  tavsiyalar  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 26 fevraldagi 2-sonli buyrug‘iga asosan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2v-son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 8n-z/199-son, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Qarshi mintaqaviy filialining 2020 yil 25 avgustdagi 26-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga erishilgan;
kasbiy faoliyat jarayonida ijtimoiy moslashuvchanlik, adekvat muloqotchanlik, ijtimoiy identifikatsiya mexanizmlarini ta’siri natijasida tibbiyot xodimlarida «al`truizm»,  «o‘zga insonni kechinmalarini sezish», «o‘z hissiyotlarini to‘g‘ri boshqarish» omillarini kuchaytirish zarurligi sababli kasbiiy, sotsial-psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish mumkinligini asoslovchi ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil  26 fevraldagi 2-sonli buyrug‘iga asosan “Kasb psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2v-son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 8n-z/199-son, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2020 yil 19 fevraldagi 06/67-son  ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lg‘usi pedagog-psixolog va amaliyotchi psixolog kadrlarni  kasb psixologiyasi yo‘nalishini o‘qitishda nazariya hamda amaliyot uzviyligi ta’minlashga erishilgan;
egokompetentlik va  autopsixologik komponentlarning o‘zaro munosabatlari shaxslararo munosabatlar yo‘nalishida vaziyatlarni tushunish, empatiya mezonlarining ustuvorligigni ta’minlashlari natijasida tibbiyot xodimlarida vaziyatni adekvat qabul qilish, ijtimoiy vaziyatga yo‘nalganlik, insonlarni tushunishga to‘g‘ri yondashish, ekstremal vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarining shakllanganligi  faoliyat davomiyligiga bog‘liq ekanligiga oid  taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 26 fevaldagi 2v-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2v-son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 8n-z/199-son, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Qarshi mintaqaviy filialining 2020 yil 25 avgustdagi 26-son ma’lumotnomalari). Natijada amaliyotchi psixologlarni bo‘lajak psixologik xizmat faoliyatiga doir, bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarini oshishiga xizmat qilgan; 
shaxslararo munosabat motivatsiyasining kuchayishi individual, guruhiy ishlash  samaradorligiga olib kelishi sababli tibbiyot xodimlari sotsial-psixologik kompetentligining yuqori, o‘rta, quyi kabi darajalarini baholash ularning faoliyat samaradorligiga ijobiy ta’sir etishi mumkinligi  ochib berilgan ilmiy xulosa Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda  “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2v-son, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 8n-z/199-son Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Qarshi mintaqaviy filialining 2020 yil 25 avgustdagi 26-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak psixologlar kasbiy tayyorgarligini ilmiy-metodik ta’minotini boyitilishiga erishilgan;
“Tibbiyot xodimlari kasbiy kompetentligini sotsial-psixologik omillar orqali ta’minlash modeli” tibbiyot xodimlarining  irodaviy, emotsional, kommunikativ qobiliyatini shakllantirishga  yo‘naltirilganligi sababli kognitiv, xulqiy, hissiy mexanizmlarni  integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 2-sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda  “Psixogiena” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2v-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot xodimlarida kasbiy kompetentsiyalarning  shakllanishiga  ta’sir etuvchi omillarni rivojlantirish  imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish