Karieva Nazokatxon Telmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yosh xodimlar va rahbarlar orasidagi ishonchni shakllantirish mexanizmlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P112.
Ilmiy rahbar: Bazarov Taxir Yusupovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat
pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Xayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Ibroxim Ismoilovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rahbarlar va yosh xodimlar o‘rtasidagi ishonchni shakllantirish mehanizmlarini aniqlash va tashkilotda o‘zaro ishochni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashkilotdagi ishonchning konseptual modeli yosh rahbar va hodimlarni «o‘zaro ishonch profili» haqidagi tasavvurlarining hissiy-kognitiv xususiyatlar orqali differensiallashuviga muvofiq, «samaradorlik», «tashkiliy intizom», «boshqalarga g‘amxo‘rlik qilish» tuzilmalariga «axloqiy intizom» komponetini biriktirish asosida takomillashtirilgan; 
tashkilotda o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirishda ijtimoiy vaziyatlarni haqqoniy baholash jarayoniga kauzal intellektni (ijtimoiy ta’sir etish, tolrentlik) axloqiy motivlar ta’sirida singdirish mumkinligi tufayli «ishonch» fenomeni haqidagi tasavvurlarning «kompetentlik» komponentini shakllantirish muhim psixologik mexanizm ekanligi dalillangan;
rahbarlardagi ishonch hissining shakllanish mexanizmini boshqaruv jarayonida namoyon bo‘lishi ijtimoiy kommunikatsiyadagi empatiyaning guruhiy qadriyatlar ta’sirida transformatsiyalanishi tufayli hodimlardagi boshqalarga g‘amxo‘rlik qilish hissini ustuvor rivojlanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan; 
yosh hodimlarda ishonch hissini shakllanishiga ko‘ra, mehnat motivatsiyasining hissiy, axloqiy, tashkilotchilik kompensiyalariga muvofiq differensiatsiyasiga asoslanib, rahbar faoliyatidagi «samaradorlik» mezoni ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Rahbarlar va yosh xodimlar o‘rtasida ishonchni shakllantirish mehanizmlari haqidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalari asosida:
tashkilotdagi ishonchning konseptual modeli yosh rahbar va hodimlarni «o‘zaro ishonch profili» haqidagi tasavvurlarining hissiy-kognitiv xususiyatlar orqali differensiallashuviga muvofiq, «samaradorlik», «tashkiliy intizom», «boshqalarga g‘amxo‘rlik qilish» tuzilmalariga «axloqiy intizom» komponetini biriktirish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi o‘quv jarayonida va Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markaz faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DBAning 2021 yil 27 avgustdagi 03/1173-son ma’lumotnomasi; Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2021 yil 26 avgustdagi PM-20-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazidagi psixolog kadrlarni tayyorlash kurslarida, DBA tinglovchilarining o‘quv dasturlarini takomillashtirish va o‘quv jarayonining sifati va samaradorligi oshirilgan;
tashkilotda o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni tarkib toptirishda ijtimoiy vaziyatlarni haqqoniy baholash jarayoniga kauzal intellektni (ijtimoiy ta’sir etish, tolrentlik) axloqiy motivlar ta’sirida singdirish mumkinligi tufayli «ishonch» fenomeni haqidagi tasavvurlarning «kompetentlik» komponentini shakllantirish muhim psixologik mexanizm ekanligi dalillanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining  2021 yil 6 sentyabrdagi 2-13-23-2216-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DBAning 2021 yil 27-avgustdagi 03/1173 ma’lumotnomasi; Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2021 yil 26 avgustdagi PM-20-a-son ma’lumotnomasi).  Bu esa agentlik tashkilotining rahbariyati va xodimlari va DBA tinglovchilarining malakalarini baholash sifatini oshirishga va Nizomiy nomidagi TDPU Psixologiya o‘quv-ilmiy markazida psixologlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha uslubiy ta’minoti takomillashtirgan;
rahbarlardagi ishonch hissining shakllanish mexanizmini boshqaruv jarayonida namoyon bo‘lishi ijtimoiy kommunikatsiyadagi empatiyaning guruhiy qadriyatlar ta’sirida transformatsiyalanishi tufayli hodimlardagi boshqalarga g‘amxo‘rlik qilish hissini ustuvor rivojlanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatida qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 2-13-23-2216-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DBAning 2021 yil 27 avgustdagi 03/1173-son ma’lumotnomasi; Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2021 yil 26 avgustdagi PM-20-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu agentlik tashkiloti rahbariyati va xodimlari ishini takomillashishi va samaradorligini oshirishga, DBA tinglovchilari faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradigan yangi ko‘nikmalarni egallashga, shuningdek, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazida psixologlar tomonidan olib boriladigan boshqaruv psixologiyasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar sifatini optimallashtirgan;
yosh hodimlarda ishonch hissini shakllanishiga ko‘ra, mehnat motivatsiyasining hissiy, axloqiy, tashkilotchilik kompensiyalariga muvofiq differensiatsiyasiga asoslanib, rahbar faoliyatidagi «samaradorlik» mezoni ustuvor harakterga ega ekanligi asoslanganligi bilan bog‘liq ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 2-13-23-2216-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DBAning 2021 yil 27 avgustdagi 03/1173-son ma’lumotnomasi; Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazning 2021 yil 26 avgustdagi PM-20-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu agentlik tashkiloti rahbariyati va xodimlari ishini takomillashishi va samaradorligini oshirishga, DBA tinglovchilari faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradigan yangi ko‘nikmalarni egallashga, shuningdek, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazida psixologlar tomonidan olib boriladigan boshqaruv psixologiyasiga oid ilmiy-nazariy manbalarni takomillashtirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish