Zamilova Rimma Ramil`evnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy-tarixiy adabiyotlar vositasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarixiy tafakkurni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Ped90.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Bekzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Shermuxammadov Baxodirjon Shermuxammadovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich tarix fanlari doktori, professor, Kadirova Fatima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy-tarixiy adabiyotlar vositasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, ijtimoiy-madaniy, faol fuqarolik pozisiyasi, mustaqil tafakkur, vatanparvarlik sifatlari bo‘yicha fanga doir, shaxsiy-faoliyatli, motivatsion-qadriyatli, loyihaviy, texnologik asoslarga ega metapredmetli komponentlarni pedagog kasbiy standartining kompetentlikka yo‘naltirilgan darajasi intensivligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirishda badiiy-tarixiy matnlarni tanlash va strukturalashtirishning pedagogik mexanizmi ma’lumotlarning ishonchliligi va xolisligi, tarixiy hujjatning hajmi va to‘liqligi, badiiy matnlarni turlari va ko‘rinishlarini hisobga olish mezonlarini refleksiv hamda tanqidiy tafakkur bilan integrativligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
tarix fanlarini o‘qitishda badiiy-tarixiy adabiyotlardan foydalanishning texnologik tizimi metodik tayyorgarlikni optimallashtirishga yo‘naltirilgan tarixiy dalillarni asoslash bilan bevosita bog‘liq talabalarning tarixiy adabiyotlarni o‘rganish bo‘yicha guruhiy va jamoaviy hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshirishga doir yangi konseptga (tarixiy-muammoli topshiriq) ega mashg‘ulotni pedagogik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish modelining texnologik komponenti munozarali, o‘yinli modellashtirish, buktreyler, forsayt, vaqt arg‘imchog‘i, pozision o‘yinli evristik, loyihaviy o‘qitish texnologiyalarini “Badiiy adabiyotlarda tarix” elektiv kursi bilan madaniy dialogli, adaptiv, reproduktiv bosqichlarning internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirishning o‘quv maqsadlarini identiv ko‘rinishda aniqlashtirish, pedagogik ta’lim mazmunini tarixiy fikrlashga doir axborotlar bilan boyitish, interfaol o‘qitish texnologiyalarini sohaga bevosita yo‘naltirish orqali tanlash, nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy faoliyat tajribasini o‘zlashtirish kabi pedagogik shart-sharoitlari talabalarning mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini individual ta’lim traektoriyasi bilan qayta aloqasi reproduktivligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy-tarixiy adabiyotlar vositasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarixiy tafakkurni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish tuzilmasini kognitiv, ijtimoiy-madaniy, faol fuqarolik pozisiyasi, mustaqil tafakkur, vatanparvarlik sifatlari bo‘yicha fanga doir, shaxsiy-faoliyatli, motivatsion-qadriyatli, loyihaviy, texnologik asoslarga ega metapredmetli komponentlarni pedagog kasbiy standartining kompetentlikka yo‘naltirilgan darajasi intensivligini ta’minlash orqali aniqlashtirish, badiiy-tarixiy matnlarni tanlash va strukturalashtirishning pedagogik mexanizmi ma’lumotlarning ishonchliligi va xolisligi, tarixiy hujjatning hajmi va to‘liqligi, badiiy matnlarni turlari va ko‘rinishlarini hisobga olish mezonlarini refleksiv hamda tanqidiy tafakkur bilan integrativligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtiri pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-159-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
tarix fanlarini o‘qitishda badiiy-tarixiy adabiyotlardan foydalanishning texnologik tizimini metodik tayyorgarlikni optimallashtirishga yo‘naltirilgan tarixiy dalillarni asoslash bilan bevosita bog‘liq talabalarning tarixiy adabiyotlarni o‘rganish bo‘yicha guruhiy va jamoaviy hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshirishga doir yangi konseptga ega mashg‘ulotni pedagogik loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-159-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishga doir amaliy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
 bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish modelining texnologik komponentini munozarali, o‘yinli modellashtirish, buktreyler, forsayt, vaqt arg‘imchog‘i, pozision o‘yinli evristik, loyihaviy o‘qitish texnologiyalarini “Badiiy adabiyotlarda tarix” elektiv kursi bilan madaniy dialogli, adaptiv, reproduktiv bosqichlarning internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligining birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-159-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarixiy tafakkurni shakllantirishda badiiy adabiyotlardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirishning o‘quv maqsadlarini identiv ko‘rinishda aniqlashtirish, pedagogik ta’lim mazmunini tarixiy fikrlashga doir axborotlar bilan boyitish, interfaol o‘qitish texnologiyalarini sohaga bevosita yo‘naltirish orqali tanlash, nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy faoliyat tajribasini o‘zlashtirish kabi pedagogik shart-sharoitlarini talabalarning mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini individual ta’lim traektoriyasi bilan qayta aloqasi reproduktivligini qat’iy belgilash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligining ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i, 538-159-raqamli guvohnoma). Natijada, badiiy-tarixiy adabiyotlar vositasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish