Chjan Linchjining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar ta’siri bo‘yicha marketing tadqiqotlarini takomillashtirish (XXR investisiyalari misolida)», 08.00.07- Moliya, pul muomalasi va kredit, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1921.
Ilmiy rahbar: Amonboev Mahammadsidik, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axunjonov Umidjon Maxamadumarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish shakllari iqtisodiy samaradorligi jihatidan HL=0,4-0,5; AL=0,2-0,3; LL=0,1 toifalarga guruhlanib, ularning har biri bo‘yicha ichki xususiyat va bog‘liqliklariga muvofiq keluvchi marketing tadqiqotlari (HLMR; MLMR LLMR) ni qo‘llash taklifi asoslangan;
iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarini jalb etishni belgilab beruvchi omillarning yetakchi tarmoqlardagi investisiyaga bo‘lgan talab va taklifning o‘zaro muvozanatiga ta’sirini baholashda samarali marketing usullaridan foydalanish taklifi asoslangan;
xalqaro tajriba va milliy iqtisodiy taraqqiyot talablari asosida O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish orqali bozorni o‘rganish yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarga bo‘lgan talabning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Jahon bankining 1992-2019 yillardagi ma’lumotlari bo‘yicha vaqtli qatorlarni modelidan foydalangan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish shakllari iqtisodiy samaradorligi jihatidan HL=0,4-0,5; AL=0,2-0,3; LL=0,1 toifalarga guruhlanib, ularning har biri bo‘yicha ichki xususiyat va bog‘liqliklariga muvofiq keluvchi marketing tadqiqotlari (HLMR; MLMR LLMR) ni qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 592-son “Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 10 iyundagi 07-00-05539-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish orqali import va eksport savdosini tartibga solish jarayonlariga zamonaviy marketing jihatidan yondashuv dastaklari asoslab berilgan;
iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarini jalb etishni belgilab beruvchi omillarning yetakchi tarmoqlardagi investisiyaga bo‘lgan talab va taklifning o‘zaro muvozanatiga ta’sirini baholashda samarali marketing usullaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 avgustdagi PQ-5233-son “Investisiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 10 iyundagi 07-00-05539-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari bo‘yicha marketing tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazish asosida raqobatbardoshlikni ta’minlash imkoni yaratilgan;
xalqaro tajriba va milliy iqtisodiy taraqqiyot talablari asosida O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish orqali bozorni o‘rganish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan istiqbolli yo‘l xaritasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 apreldagi 206-son “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investisiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 10 iyundagi 07-00-05539-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishning “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom yordamida faoliyatni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Jahon bankining 1992-2019 yillardagi ma’lumotlari bo‘yicha vaqtli qatorlarni modelidan foydalangan holda ishlab chiqilgan O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarga bo‘lgan talabning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 592-son “Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 10 iyundagi 07-00-05539-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni kiritish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish yetakchi tamoyillariga asoslangan marketing strategiyasini takomillashtirish imkoni yaratilgan.