Yadgarova Ozoda Ibragimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1316.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti. 
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Sharipova Surayyo Burxanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi xorijiy til va adabiyoti, pedagogika va psixologiya yo‘nalishida bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gumanitar ta’lim yo‘nalishi bo‘lajak o‘qituvchilarining professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ta’lim sifati, umumiy va maxsus kompetensiya, instrumental, shaxslararo va tizimli kompetensiyalar mazmuni aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetentligi kasbiy faoliyat uchun lozim bo‘lgan komponentlar integratsiyasi sifatida asoslanib, uning kognitiv-gnoseologik, faoliyat-evristik, shaxsiy-ijtimoiy komponentlar mazmuni aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida googlescholar, elibrary, sciencedirect, scopus halqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan foydalanishga doir ko‘nikma va malakalarini shakllantiruvchi axborot metodik ta’minot, kommunikativ trening ishlanmalar va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish samaradorligini empirik baholash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mazmuni ijtimoiy faoliyat, madaniyat, o‘ziga xoslik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, muloqot kabi elementlar orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari  mavzusi doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mazmuni uning ijtimoiy faoliyat, madaniyat, o‘ziga xoslik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, muloqot kabi elementlari mazmunini tahlil qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida xamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 fevraldagi 02-07-306/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy pedagogik, psixologik, falsafiy, tarixiy manbaalar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning amaldagi holatini aniqlashga imkon yaratilgan;
gumanitar ta’lim yo‘nalishi (5111400-Xorijiy til va adabiyoti hamda 5110900-Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi) bo‘lajak o‘qituvchilarining professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini (ta’lim sifati, umumiy va maxsus kompetensiya, instrumental, shaxslararo va tizimli kompetensiyalar mazmuni) rivojlangan davlatlar tajribalarini qiyosiy solishtirishtirib, aniqlashtirishga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetining YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 fevraldagi 02-07-306/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarini professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga doir ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil etish asosida milliy tajribani boyitishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetentligi kasbiy faoliyat uchun lozim bo‘lgan komponentlar integratsiyasi sifatida tahlil qilinib,  uning kognitiv-gnoseologik, faoliyat-evristik, shaxsiy-ijtimoiy komponentlari mazmuni takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida xamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan  (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 fevraldagi 02-07-306/04-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarini professional-kommunikativ faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning professional-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida googlescholar, elibrary, sciencedirect, scopus halqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan foydalanishga doir ko‘nikma va malakalarini shakllantiruvchi axborot metodik ta’minoti, kommunikativ trening ishlanmalari va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanmalar samaradorligini empirik baholash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetining YoA-1-22 raqamli “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 fevraldagi 02-07-306/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarini professional-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish