Hamroeva Orzigul Jalolovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temuriylar davridagi poetikaga doir risolalarda qofiya ilmining qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil439.
Ilmiy maslahatchi: Hamidulla Boltaboev Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Eshonqulov Husniddin Primovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qobilova Zebo Bakirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili va adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi temuriylar davri qofiyashunosligining nazariy, amaliy, poetik unsurlar kesimidagi qiyosiy tahlilini amalga oshirish, tarixiy taraqqiyot tendensiyalari va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temuriylar davri qofiyashunosligi Shayx Ahmad Taroziy, Vohid Tabriziy, Abdurahmon Jomiy, Atoulloh Husayniy, Husayn Voiz Koshifiy risolalari asosida o‘zbek va fors-tojik qofiya nazariyalarining taraqqiyot bosqichi sifatida tekshirilgan hamda ushbu risolalar asosida qofiya, qofiya harflari, qofiya harakatlari, qofiya turlari, qofiya ayblari, radif, hojib kabi qofiyaga oid birliklar sathida dalillangan;
temuriylar davridagi risolalar uchun nazariy asos vazifasini bajargan fors-tojik qofiyasi va obe’kt sifatida tanlangan manbalarning qiyosi natijasida qofiya harflari bilan bog‘liq masalada Shamsiddin Qays Roziy, qofiya harakatlari nazariyasida Nosiriddin Tusiy, qofiya turlari nazariyasida Shams Qays Roziy hamda Nosiruddin Tusiy asarlari bu davr qofiyashunosligi uchun asos vazifasini o‘taganligi aniqlangan;
qofiya harf va harakatlari, qofiya ayblari, qofiya turlari sonining turlichaligi, risolalarning yo‘nalishi, xarakteri va mualliflarning maqsadlari turkiy va forsiy qofiyalarning til qonuniyatlari bilan bevosita bog‘liq ekanligi asoslangan;
qofiyaning badiiy adabiyotidagi munosabati, takomili va turkiy adabiyotdagi o‘rni tekshirilishi natijasida turkiy qofiya til imkoniyati bilan bog‘liq ekanligi, radif, hojibning ishtiroki muhim qonuniyatga aylangani, raviy va vasl harflarini belgilashda yangi nazariy qoidalar ishlab chiqilgani, qofiya harflarining qo‘llanish imkoniyati kengaygani, qofiya ayblariga munosabat o‘zgargani dalillangan;
qofiya turlarining genezisi, qiyosi natijasida qofiya qismlari(taqti’) ishtirokiga ko‘ra turlari qofiyaning asosiy turi ekanligi, shoirlar ijodida uning o‘rni qat’iy ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan;
poetikaga oid risolalardagi ilmiy-nazariy ma’lumotlarga tayanib, aruz, qofiya va badiiyat ilmi bir butun ilm ekanligi, bu uch ilm bir-birini taqozo qilishi, qofiya ayblari va qofiyaga asoslanuvchi badiiy san’atlar risola mualliflari tomonidan turli tamoyillar asosida ilmiy muomalaga kiritilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
XI-XIII asrlarga oid arab, fors tilida yaratilgan risolalardagi qofiyaga oid ilmiy yondashuvlarning turkiy adabiyotga ta’siri, an’ana va o‘ziga xoslik masalalari, badiiy mahorat, uslub, mavzu va timsollar, janrlar tadriji, temuriylar davridagi poetikaga oid risolalar qiyosiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 18 maydagi 04/1-554-son ma’lumotnomasi). Natijada Temuriylar davri adabiyoti qismida bu davrda yaratilgan poetikaga oid manbalarning qiyosiy tahlili, shuningdek, tayyorlangan monografiya mazmunan yangi, tahliliy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
qofiya ilmi aruz va ilmi bade’ singari Sharq xalqlari tafakkurida yaratilgan she’riyat shakliga oid ilmiy-nazariy umumlashmalar majmui bo‘lib, uning ilm va maxsus fan sifatida shakllanishi, adabiyotshunoslikdagi tadqiqi, adabiyotning tarixiy rivojidagi mavjud jarayonlarni baholashda, qofiya ilmining poetika ilmi genezisida tutgan o‘rniga oid ilmiy-nazariy yondashuvlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIV asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 18 maydagi 04/1-556-son ma’lumotnomasi). Natijada temuriylar davrida yaratilgan risolalar yurtimiz milliy-ma’naviy va adabiy merosining ajralmas qismi ekanligi isbotlangan;
Navoiy va temuriylar davri, adabiy aloqalar va ilmiy muhitga oid xulosalarni berishda, temuriylar davrida aruz, ilmi bade’ va qofiya ilmiga oid risolalarning yaratilishi va Navoiy ijodida poetika masalalari, Navoiyning tarixiy va ilmiy asarlarida olimning ilmiy yondashuv va tahlil tamoyillarini belgilashda, “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarida keltirilgan poetika va uning tarkibiy qismlari aruz, badiiy san’atlar, qofiya ilmiga oid qarashlari temuriylar davridagi poetika doir risolalardagi ilmiy yondashuvlarning qiyosiy tahlili xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining PZ-20170926459 - “Navoiyshunoslik tarixi (XX – XXI asrlar)” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy granti bajarilishida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 18 maydagi 04/1-555-son ma’lumotnomasi). Natijada risolalardagi qofiyaga doir unsurlar qiyosi asosida temuriylar davri adabiyotshunosligining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashga erishilgan;
badiiy adabiyotda shakl va mazmun mutanosibligi, shoir uslubi va mahorati, poetik unsurlarning amaliy tatbig‘i, Atoulloh Husayniy asarlari bilan bog‘liq ilmiy materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 04 iyuldagi 06-28-980-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlarning sifati oshgan, ajdodlarimizning milliy ma’naviyatimizni shakllantirishdagi o‘rni, ularning jahon tamadduni va madaniyatiga qo‘shgan hissalarini anglash hamda idrok etish kuchaygan.