Rixsieva Kamola Gafurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qap=” asosli birliklar genezisi va semantik taraqqiyoti”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2180.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor; Ubaydullaev Alisher Abdusalomovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “qap=” asosli lug‘aviy birliklar genezisini yoritish, semantik taraqqiyot xususiyatlarini asoslash, o‘zaro aloqador semantik uzvlarni aniqlash, “qap=” asosli lug‘aviy birliklarning barqaror birikmalar tarkibidagi kognitiv-semantik funksiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi o‘zbek tilidagi qa= asosli faol qo‘llanadigan 57 dan ortiq, tarixiy leksemalar va so‘z shakllari hamda rus tiliga o‘zlashgan leksemalar bilan birga 122 ta, barqaror birikmalarni ham hisoblaganda 179 ta lingvistik birlik jamlanib, ularning ma’nolari tarixiy-etimologik, lingvostatistik jihatdan ilk bor monografik planda tekshirilgan hamda bu leksemalarning genezisi aniqlangan;
“qap=” asosli ot leksemalarning harakat-holat semali lug‘aviy birliklardan shakllanish xususiyatlarini aniqlangan qadimgi turkiy manbalardagi 3 ta tarixiy: qa –I idish, qop; qa –II yuqorilamoq, ko‘tarilmoq; qa –III mahkam ushlamoq, tutmoq semalari aniqlanib, ularning hozirgi o‘zbek tilidagi qap= asosli birliklarga munosabati dalillangan;
“qap=” asosli leksemalar semantikasidagi o‘zgarishlar aniqlanib, ularning hozirgi o‘zbek tilidagi funksional-semantik xususiyatlari hamda “qap=” asosli leksemalar o‘rtasidagi “ichi bo‘shlik”, “berkitish”, “o‘rash”, “qamrash”, “qoplash” semantik uzvlari va bu uzvlarni yuzaga keltiruvchi omillar aniqlanib, “qap=” asosli leksemalarning genezisini aniqlashda ilk bor semantik to‘r metodidan foydalanishning samarasi isbotlangan;
“qap=” asosli leksemalar ishtirok etgan frazemalar, o‘zbek xalq maqol va matallari to‘planib, ularning tarkibidagi “qap=” asosli birliklarning kognitiv-semantik, funksional-uslubiy xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qap” asosli birliklarning semantik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bir asosli leksik birliklar semantikasidagi semalar asosida aloqadorlik namoyon bo‘lishi, “qap” asosli birliklar semantikasida tilning to‘plash vazifasi bilan bog‘liq belgilarning ifodalanishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining A-OT-2019-10 raqamli Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” (2019-2022 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 10 sentyabrdagi 01/4-2502/1-son ma’lumotnomasi). Natijada nomlarning harakat-holat semali lug‘aviy birliklardan shakllanish xususiyatlarini aniqlashda, onimlarning leksema sifatidagi semalar mundarijasini aniqlashda nazariy manba vazifasini o‘tagan;
o‘zbek tilshunosligida qadimiy yo‘nalish hisoblangan, zamon talablari asosida qayta takomillashayotgan semantika, uning vujudga kelish an’analari, paydo bo‘lish omillari, leksema semantikasidagi o‘zgarishlar haqidagi nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” (2018-2020) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 7 maydagi 04/1-879-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p ming yillik o‘zbek tili lug‘at boyligining shakllanish va rivojlanish bosqichlaridagi semantik aloqador leksemalarning semantik jarayonlarga ta’siri, ahamiyatini asoslashga xizmat qilgan;
leksema, semema, sema tushunchalari, narsa-hodisa, harakat-holat, belgi-xususiyatni ifodalashda lisoniy ongdagi aloqadorlik, olamni anglash, idrok etishdagi umumiyliklar, leksema struktur-grammatikasidagi o‘zgarishlar, semantik kengayish, torayish haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2022 yil 27 iyuldagi 06-28-646-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.