Muratxodjaeva Feruza Xotamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida so‘z va so‘z birikmalari ma’nolarining kognitiv-semantik tahlili va ularning tarjima muammolari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1231.
Ilmiy rahbar:Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash). 
Rasmiy opponentlar: Baxranova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori, professor; Askarova Shaxnoza Kamolidinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida so‘z va so‘z birikmasining  kognitiv modellari, frazeologik birliklarda ko‘chma ma’noning konseptuallashuvi jarayonlarini yoritish, tarjima matndagi kognitiv-semantik xususiyatlarning asliyat bilan muqobillik darajasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tilidagi so‘z va so‘z birikmalari maxsus kodga egaligining lingvokognitiv jihatlari eye - ko‘z, head - bosh, look - nazar kabilar orqali dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi so‘z, so‘z birikmasining lisoniy-mental ifodalashning kognitiv-semantik mohiyati metafora va frazeologizmlarni chog‘ishtirish asnosida isbotlanib, o‘zbek va ingliz xalqlari lisoniĭ ongidagi kognitiv jarayonlarning mental-individual hosilasi ikki tildagi matnlar orqali asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi so‘z, so‘z birikmasi va frazeologik birliklarning tarjimasidagi uslubiy-semantik muvofiqlik darajasi hamda asl mazmunni ifodalashda izohlash, kal`ka, transliteratsiya usullarining ahamiyati mavjud tarjimalar asosida ochib berilgan;
so‘zlarda ko‘chma ma’no yuzaga kelishida lisoniy ong, tafakkur, idrok kabi kognitiv mexanizmlar shakllanishining tarixiy-etimologik jihatdan asoslanib, psixolingvistik omilga bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi so‘z va so‘z birikmalarining kognitiv-semantik hamda tarjima matnlardagi semantik xususiyatlari tahlili jarayonida erishilgan natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillarida so‘z va so‘z birikmasining kognitiv modellari, frazeologik birliklarda ko‘chma ma’noning konseptuallashuvi jarayonlarini yoritish, tarjima matndagi kognitiv-semantik xususiyatlarini tahlil qilish; o‘zbek va ingliz tillaridagi so‘z, so‘z birikmasining kognitiv-semantik tahlili, frazeologizmlardagi semantik konseptuallashuvning kognitiv asoslariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan OT-A1-53 raqamli “Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul`teti uchun “Translation in Use” darsligini yaratish va nashr qilish” (2017-2018 yy.) mavzusidagi amaliy loyihaning “Simultaneous translation”, “Writing  translation” qismidagi o‘quv qo‘llanmalar mavzularini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 11 iyundagi IRB 22/166-son ma’lumotnomasi). Natijada, so‘z, so‘z birikmasi va frazeologik birliklar tarjimasidagi uslubiy-semantik muvofiqlik hamda tarjimalar adekvatligiga erishish, ko‘chma ma’noning yuzaga kelishining kognitiv asoslari, lisoniy ong, tafakkur, idrokning ko‘chma ma’nolarni shakllantirishdagi o‘rni masalalarini yoritishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklar semantikasini chog‘ishtirish, frazeologik birliklarda ko‘chma ma’noning konseptuallashuvi, tarjima matndagi kognitiv-semantik xususiyatlar tahlili kabi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan  Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasidagi Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikdagi “561624-ERR-1-1-UK-EPKA2-CBHE-SP IMEP” mavzusidagi halqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 16 iyundagi 02/389-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va ingliz tilidagi frazeologik birliklarning tarjima matnlardagi semantik xususiyatlari yorqin yoritilishi va ular mazmunining dasturga singdirilishi loyihaning ma’lumotlar bazasi kengayishiga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tilida so‘z, so‘z birikmasi, frazeologik birlikning ko‘chma ma’nolari asosida yuzaga kelgan badiiylik, obrazlilik, semantik ko‘chish talqinlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanalining “Taqdimot” va “Mavzu” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2021 yil 10 martdagi 01-14-371-son ma’lumotnomasi). Natijada, so‘z va so‘z birikmalarining yashirin ma’nolari, frazeologizmlarning ma’nosini tahlil eta olish, tarjimlardagi mazmun-mohiyatini anglash va qo‘llay olish hamda dasturlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish