Sayt test rejimida ishlamoqda

Djalalov Temur Asfandiyarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nanotuzilmaviy komponentli quyosh fotoelementlari samaradorligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM45.

Ilmiy rahbar: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika-texnika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.

Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Tishabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: nanoo‘lchamli kirishmalar yordamida kremniyli quyosh fotoelementlarining samaradorligini oshirish mexanizmlarini nazariy ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

nanokomponentli kontakt tuzilmani shakllantirish imkonini beradigan kremniy tagligining xususiyatlari aniqlangan;

doimiy panjara orasidagi farq, mexanik kuchlanishlar va temperatura rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan taglik ustida nanotuzilmalarning o‘z-o‘zini tashkillashtirish shart-sharoitlari ishlab chiqilgan;

kontaktga kiruvchi materiallarning energetik xarakteristikalari bilan belgilanuvchi nanokomponentlarning maksimal va minimal o‘lchamlari optimallashtirilgan;

yorug‘lik ta’sirida vujudga kelgan elektron-kovak juftligining ajralishini ta’minlaydigan bir o‘lchamli, ignasifat elektrostatik maydonni hosil qiluvchi, nanoo‘lchamli xalkogenid-taglik tizimida geteroo‘tishni shakllanish mexanizmi aniqlangan;

ishlab chiqilgan model` asosida kremniy taglik ichidagi qisman kompensatsiyalangan, nazoratsiz chuqur kirishmalarning quyosh nurlanishini effektiv yutilish spektrini kengaytirishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Nanoo‘lchamli komponentlar yordamida kremniyli quyosh fotoelementlarining samaradorligini va kafolatli ishlash muddatini oshirish mexanizmlarini nazariy ishlab chiqish asosida:

doimiy panjara orasidagi farq mexanik kuchlanishlar va temperatura rejimi bilan bog‘liq bo‘lgan taglik ustida nanotuzilmalarning o‘z-o‘zini tashkillashtirish shart-sharoitlari yangi turdagi quyosh elementlarining elektr-optik xarakteristikalari xususiyatlarini aniqlashda ishlatilgan (Karneggi Melloni universitetining 2017 yil 10 iyuldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish yarimo‘tkazgichli taglik sirtida nanoqoplamalarni o‘stirish sharoitlarini optimallashtirish imkonini bergan;

nanogeterotuzilmalarning shakllanish jarayonlari, ulardagi elektr kuchlanganlik va potensialni shakllanishi OTM-F2-62 raqamli «Kristallarda kirishma-nuqson turdagi mikro- va nanobirikmalarni hosil bo‘lish mexanizmlari va ularning keng funksional imkoniyatli ko‘p qatlamli tuzilmalar yaratishdagi o‘rni» grant loyihasida nanotuzilmalarning kritik o‘lchamlarini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 21 iyuldagi FTA-02-11/375-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish mikro- va nanotuzilmalardagi optik va elektrofizik parametrlarni aniqlash metodikasini shakllantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish