Mavlyanov Sanjar Djambulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili diplomatik terminlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil.1711.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldoshev Ibrohim Jo‘raevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek tili diplomatik terminlarining qurilishi, semantik munosabatlari va xususiyatlari, lug‘atlarda berilishi hamda “O‘zbek tili diplomatiya terminlarining izohli lug‘ati”da aks ettirilish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda diplomatik faoliyatning shakllanishi o‘zbek diplomatiya tilining vujudga kelishiga zamin yaratganligi, diplomatik faoliyat, konsullik xizmatlari, xalqaro aloqalarda o‘zbek tilining rasmiy quyi uslubi sifatida qo‘llanila boshlaganligi, o‘zbek adabiy tilining diplomatik uslubi sifatida namoyon bo‘la boshlaganligi dalillangan;
zamonaviy o‘zbek tili diplomatik terminlarining struktur xususiyatlari, unumdor qoliplari, yasalish imkoniyatlari ochib berilib, o‘zbek tili diplomatik terminlari tarkibida tuzilishiga ko‘ra, sodda, qo‘shma, gibrid, juft, birikmali, qisqartma terminlar mavjudligi aniqlangan;
o‘zbek tili diplomatik terminlarining semantik taraqqiyoti aniqlanib, o‘zbek tili diplomatik terminlarining o‘zbek diplomatiyasida foydalaniluvchi maxsus (diplomatik, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy) ensiklopediyalar, o‘zbek tilining izohli va etimologik lug‘atlarida berilish xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zbek diplomatik terminlarining izohli lug‘atlarini tuzish, diplomatik terminlarning semantik turlari, diplomatiyada qo‘llanuvchi har bir terminning ma’no doirasi aniqlanib, diplomatiya tili, uning terminologiyasi va semantik turlarining takomillashuvi natijasida xalqaro munosabatlarda lingvistik, semantik, terminologik jihatlarini ochishga xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili diplomatik terminlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
diplomatiya tili va uning terminologik tarkibini ochib berishda; diplomatik faoliyat turlari va diplomatiyaning huquqiy asoslarini ifodalovchi birliklar, o‘zbek tilidagi diplomatik terminlarning semantikasi va strukturasi, diplomatiya tushunchasining leksikografik talqinlari, o‘zbek tili diplomatik terminlarining semantik munosabatlari, taraqqiyoti, tasnifiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” (2019-2022 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 1 apreldagi 04/1-573-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan lug‘at tarkibining xalqaro huquq, konsullik va diplomatiyaga oid birliklar bilan boyitilishiga xizmat qilgan; 
diplomatiyada inson xulq-atvori va u bilan bog‘lik birliklar, diplomatik faoliyatda odob-axloq me’yorlarining xalqaro me’yorlar asosida ifodalanishi va qo‘llanishi; o‘zbek tili diplomatik terminlari tarkibidagi inson xulq-atvori, odob-axloqi bilan bog‘liq leksimalarning ma’no taraqqiyoti va munosabatlariga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 1 apreldagi 04/1-574-son ma’lumotnomasi). Natijada diplomatiyada inson xulq-atvorini ifodalovchi, diplomatik faoliyatda odob-axloq me’yorlarining xalqaro normalardagi nomlanishi bilan bog‘liq so‘zlar lug‘at qiymatining oshishiga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish