Ibragimova Ra’no Isakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Istiqlol davrida Qoraqalpog‘istonda o‘zbek adabiy muhiti takomili” , 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil708.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Ilmiy rahbar: Qurbonboev Ilxombek Aminboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: G‘ayipov Dilshod Qadamboevich, filologiya fanlari doktori (DSc); Matyakubov Sa’dulla Gaipovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonda istiqlol davri o‘zbek adabiy muhitining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, unda an’ana va tajriba sintezi, madaniy hamkorlik va ijodiy ta’sir mohiyatini belgilash, yaxlit bir badiiy-estetik tizim sifatidagi rivojlanish jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davrida Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek adabiy muhiti qiyofasini yangilash, hayotni har xil rakurslardan baholash, inson ko‘ngli sir-sinoatlarini poetik ob’ekt sifatida talqin etish kabi estetik tamoyillar yangicha adabiy-estetik qarashlar aspektida dalillangan;
uslubiy-shakliy izlanishlar tabiatidagi dinamik o‘zgarishlar adabiy ta’sir va ijodiy aloqa jarayoni, badiiy-estetik tafakkur tabiati hamda poetik mahorat sabab bir-birini taqozo etishi asoslangan;
milliy mental mushtaraklik, milliy idrok jamiyat g‘oyaviy-badiiy tematikasiga uzviy ta’sir o‘tkazganligi, ijtimoiy ongning muhim qirrasi sifatida badiiy adabiyotda realistik tasvir yo‘sini teranlashganligi, ifoda tabiatiga daxldor fol`klorizm, mifopoetika va stilizatsiyaning o‘ziga xos jihatlari dalillangan;
hozirgi adabiy jarayonda qoraqalpog‘istonlik o‘zbek ijodkorlari mintaqa, mamlakat badiiy tizimi ilg‘or an’analarini o‘zida aks ettirayotgani bilan tafovutlananishi aniqlanib, mintaqa o‘zbek ijodkorlari odatda tavsifiy xarakterga ega publisistik talqinga yaqinlashishi, bu jihat jamoatchilik saviyasi va did tarbiyasi bilan bog‘liqligi, ular ijodida realistik tasvir va romantik kayfiyat bir-birini to‘ldirishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Istiqlol davrida Qoraqalpog‘istonda o‘zbek adabiy muhiti takomili mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
mustaqillik davrida Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek adabiy muhiti qiyofasini yangilash, hayotni har xil rakurslardan baholash, inson ko‘ngli sir-sinoatlarini poetik ob’ekt sifatida talqin etish kabi estetik tamoyillar yangicha adabiy-estetik qarashlar aspektida dalillanganligi yuzasidan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 7 yanvardagi 70/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyoti va adabiy jarayonda mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda o‘zbek adabiy muhiti, ijodkor asarlari bilan tanishish, o‘ziga xosligini aniqlashga erishilgan;
uslubiy-shakliy izlanishlar tabiatidagi dinamik o‘zgarishlar adabiy ta’sir va ijodiy aloqa jarayoni, badiiy-estetik tafakkur tabiati hamda poetik mahorat sabab bir-birini taqozo etishi asoslanganligi borasidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G002-sonli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 iyuldagi 154/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqada o‘zbek adabiy muhitida janrlar tadriji, adabiy turlar rivojlanish qonuniyatlari hamda ijodiy ta’sir genezisi aniqlangan. O‘zbek adabiy muhiti shakllanishi va takomili, adabiy talqin o‘ziga xosligi va asosiy tamoyillari oydinlashtirilgan;
milliy mental mushtaraklik, milliy idrok jamiyat g‘oyaviy-badiiy tematikasiga uzviy ta’sir o‘tkazganligi, ijtimoiy ongning muhim qirrasi sifatida badiiy adabiyotda realistik tasvir yo‘sini teranlashganligi, ifoda tabiatiga daxldor fol`klorizm, mifopoetika va stilizatsiyaning o‘ziga xos jihatlari dalillanganligi tavsiflangan ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining «Assalam Qaraqalpaqstan» teleko‘rsatuvida va radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 2-03/1492-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘istonda istiqlol davri o‘zbek adabiy muhiti ijodkorlari haqidagi ma’lumotlar oydinlashtirilgan;
hozirgi adabiy jarayonda qoraqalpog‘istonlik o‘zbek ijodkorlari mintaqa, mamlakat badiiy tizimi ilg‘or an’analarini o‘zida aks ettirayotgani bilan tafovutlananishi aniqlanib, mintaqa o‘zbek ijodkorlari odatda tavsifiy xarakterga ega publisistik talqinga yaqinlashishi, bu jihat jamoatchilik saviyasi va did tarbiyasi bilan bog‘liqligi, ular ijodida realistik tasvir va romantik kayfiyat bir-birini to‘ldirishi dalillanganligi yuzasidan materiallardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining «Assalam Qaraqalpaqstan» teleko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 sentyabrdagi 01-02/436-son ma’lumotnomasi). Natijada “Bilimlendirio‘de reforma”, “Miyras” teleko‘rsatuvlarining milliy istiqlol davri adabiyotiga doir ma’naviy - ma’rifiy eshittirishlari madaniy saviyasi ko‘tarilishiga erishilgan.