Abdullaev Davron Atabaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Umumiy ma’lumotlar.
“Ko‘p ma’noli frazemalarni lug‘atlarda izohlash tamoyillari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil 1322.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qudaybergenov Mambetkarim, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Kurbaniyazov Gulmirza Allambergenovich, filologiya fanlari doktori (DSc), Primov Azamat Iskandarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi ko‘p ma’noli frazemalarni lug‘atlarda izohlanish tamoyillari va iboralarda polisemiya hodisasining namoyon bo‘lish omillarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi frazeologik polisemiyaning yuzaga kelish va tarqalish omillari funksional-semantik aspektda asoslanib, ko‘p ma’noli frazemalarning vazifaviy va uslubiy munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan;
frazeologik polisemiyaning o‘ziga yondosh hodisalar, ayniqsa, frazeologik omonimiya hodisasidan ma’nolari orasidagi bog‘liqlikning mavjudligi bilan farqlanishi, matn tarkibida ifodalaydigan semalarining ko‘p qirraligi aniqlangan;
polisemantik frazemalarni lug‘atlarga kiritish va izohlashning yangi usullari yordamida frazeologik polisemiyaning barcha ma’no nozikliklarini to‘liq belgilash zarurati isbotlab berilgan;
ko‘p ma’noli iboralarning millat lisoniy takomilidagi antropotsentrik aspekti, o‘zbek xalqiga xos milliy mental, etnik va ijtimoiy, psixologik hamda xalq madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi lingvokul`turologik jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. Ko‘p ma’noli frazemalarning lug‘atlarda izohlanish tamoyillari, iboralarda vazifadoshlik va uslubga xoslanish masalasi, semantik o‘zgarishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi frazeologik polisemiyaning yuzaga kelish va tarqalish omillari funksional-semantik aspektda asoslanib, ko‘p ma’noli frazemalarning vazifaviy va uslubiy munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan yuzasidan chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental` ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 26 yanvardagi 366/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilshunosligi tarixida polisemiya hodisasi tilning barcha sathlari, ya’ni frazemalar orasida ham keng tarqalganligi aniqlangan va o‘zbek tilidagi frazeologik polisemiya hodisasini izchil o‘rganish yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatib berishga erishilgan;
frazeologik polisemiyaning o‘ziga yondosh hodisalar, ayniqsa, frazeologik omonimiya hodisasidan ma’nolari orasidagi bog‘liqlikning mavjudligi bilan farqlanishi, matn tarkibida ifodalaydigan semalarining ko‘p qirraligi aniqlangan doir muhim nazariy va amaliy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 26 yanvardagi 366/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p ma’noli frazemalarning lug‘atlarda izohlanish tamoyillari, iborada funksiya va stilizatsiya masalasi, semantik o‘zgarishlar jarayonini ko‘rsatib berishga erishilgan;
polisemantik frazemalarni lug‘atlarga kiritish va izohlashning yangi usullari yordamida frazeologik polisemiyaning barcha ma’no nozikliklarini to‘liq belgilash zarurati isbotlab berilganligi xususidagi yangiliklardan T.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2017-2021 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 11 yanvardagi 03-son ma’lumotnomasi). Olamning milliy manzarasida til birliklarining mohiyatan milliy o‘ziga xosligini asoslashga erishilgan;
ko‘p ma’noli iboralarning millat lisoniy takomilidagi antropotsentrik aspekti, o‘zbek xalqiga xos milliy mental, etnik va ijtimoiy, psixologik hamda xalq madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi lingvokul`turologik jihatlari asoslanganligi tavsiya etilgan ilmiy va amaliy xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasi «Qoraqalpog‘iston» teleradiokanali «Musiqiy dam olish dasturlari» bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan «Әdebiyat hәm dao‘ir», «Assalao‘ma-әliykum, Qaraqalpaqstan!», «Bilimlendirio‘de reforma» ko‘rsatuvlarida va radiokanalning «Jaslar ushin», «Qayirli taң», «Tilge itibar – elge itibar» eshittirishlari orqali aholiga, yoshlarga, talabalarga, olimlarga, umuman, keng ommaga targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2021 yil 31 martdagi 01-02/176-son ma’lumotnomasi). Natijada keng ilmiy jamoatchilikka ko‘p ma’noli frazemalar, iboraning lug‘atlarda izohlanish tamoyillari, talabalarning lug‘at boyligini boyitish va kitobxonlik madaniyati samaradorligi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar keng ommalashtirilgan.