Sadullaev Baxram Pulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chap qirg‘oq Kat-qal’a – Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlar shahri”, 07.00.06. - Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar151.
Ilmiy rahbar: Mambetullaev Mirzamurat, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Kdirniyazov Omar-Sharip Muxammed-Sharipovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Chap qirg‘oq Kat-qal’ani o‘rganish jarayonida shahar hayotining har bir aniqlangan davri uchun arxeologik majmualarni tuzish, shahar tuzilishini, jamoat va fuqarolik binolarini, mudofaa inshootlarining o‘ziga xos jihatlarini, moddiy madaniyat predmetlarini, hunarmandchilik va savdo-sotiq alomatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chap qirg‘oq Kat-qal’aning g‘arbiy qismida olib borilgan qazishmalar natijasida 3 stratigrafik davr aniqlanib, quyi qatlamdan topilgan sopol namunalari asosida shahar hududida hayot mil.av. VI-V asrlarda shakllanganligi isbotlangan;
Chap qirg‘oq Kat-qal’ada o‘rganilgan turar-joy majmualarining antik davrdan rivojlangan o‘rta asrlargacha rejalashtirilgan asosda qurilganligi, so‘nggi o‘rta asrlarga kelib esa turar-joylarning simmetrik tarzda joylashmaganligi va tartiblangan ko‘chalarga ega bo‘lmaganligi aniqlangan;
shahar hududida aniqlangan artefaktlar – sopol va suyakdan ishlangan namunalar asosida Chap qirg‘oq Kat-qal’a o‘rta asrlarda qo‘shni mintaqalar, xususan So‘g‘d va Choch o‘lkalari bilan savdo-sotiq munosabatlari va madaniy aloqalarga tortilganligi isbotlangan;
Chap qirg‘oq Kat-qal’ada qo‘lga kiritilgan sopol majmualari 6 xronologik davrga ajratilib, shu asosda shahar hayotining taraqqiyot dinamikasi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chap qirg‘oq Kat-qal’a – Xorazmning qadimgi va o‘rta asrlar shahri mavzusidagi  dissertatsiya  bo‘yicha  qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Chap qirg‘oq Kat-qal’aning g‘arbiy qismida olib borilgan qazishmalar natijasida 3 stratigrafik davr aniqlanib, quyi qatlamdan topilgan sopol namunalari asosida shahar hududida hayot mil.av. VI-V asrlarda shakllanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “Ichan qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasini eksponatlar bilan boyitish va yangi ekspozisiyalar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 01-12-10-3058-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey faoliyati samaradorligini oshirish bilan birga Chap qirg‘oq Kat-qal’a yodgorligining targ‘ibotiga xizmat qilgan;
Chap qirg‘oq Kat-qal’ada qo‘lga kiritilgan sopol majmualari 6 xronologik davrga ajratilib, shu asosda shahar hayotining taraqqiyot dinamikasini aks ettiruvchi ma’lumotlardan Madaniy meros departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi faoliyatida, jumladan, arxeologik ob’ektlarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2020 yil 17 sentyabrdagi 01-04-AYa/578-son ma’lumotnomasi). Natijada Chap qirg‘oq Kat-qal’a haqidagi ma’lumotlar ob’ektning muhofaza zonalarini belgilash va uni saqlashda amaliy qo‘llanma vazifasini bajargan.
Chap qirg‘oq Kat-qal’ada o‘rganilgan turar-joy majmualarining antik davrdan rivojlangan o‘rta asrlargacha rejalashtirilgan asosda qurilganligi, so‘nggi o‘rta asrlarga kelib esa turar-joylarning simmetrik tarzda joylashmaganligi va tartiblangan ko‘chalarga ega bo‘lmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasida 2014-2015 yillarda bajarilgan IG-9.14 shifrli “Janubiy Orolbo‘yi madaniy merosini ilmiy tadqiq qilish va ular bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish” mavzusidagi loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 7 oktyabrdagi 3/1255-2149-son ma’lumotnomasi). Natijada Chap qirg‘oq Kat-qal’aning qurilish tarixiga doir yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga xizmat qilgan;
shahar hududida aniqlangan artefaktlar – sopol va suyakdan ishlangan namunalar asosida Chap qirg‘oq Kat-qal’a o‘rta asrlarda qo‘shni mintaqalar, xususan So‘g‘d va Choch o‘lkalari bilan savdo-sotiq munosabatlari va madaniy aloqalarga tortilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O`zbekiston tarixi” telekanali faoliyatida, jumladan “O‘zbekiston – Buyuk Ipak yo‘llarida”, “Moziy” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 10 oktyabrdagi 02-40-995-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvni ilmiy dalillar bilan boyitish va uning ommabopligini ta’minlash bilan birga, mamlakatimiz madaniy merosining o‘rni va ahamiyatini xalqimizga etkazish vositasi bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish