Raximov Shixnazar Bekturdievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qadimgi Xorazm vohasi aholisining dafn tartiblari va inshootlari (IX-XIII asrlar arxeologik yodgorliklari misolida)», 07.00.06 - Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar504.
Ilmiy rahbar: Sobirov Qurbanbay, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Mutalibjon Xasanovich, tarix fanlari doktori; Pardaev Muxtor Hasanovich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.    
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Xorazm aholisining IX-XIII asrlarga oid dafn tartiblari va inshootlari diniy xususiyatlarini ochib berish, mavjud bo‘lgan antik va ilk o‘rta asr aholisi bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, ashyoviy topilmalar asosida dafn inshootlar tipologiyasini yaratishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IX-XIII asrlarga oid Xorazm dafn inshootlarining asosiy xususiyatlariga ko‘ra to‘rt turi aniqlanib, ulardan A-I-1- kesilgan to‘rtburchak kameralardan iborat qabrlar kamroq istemolda bo‘lganligi, A-II-1-er osti g‘ishtli qabr kameralariga ko‘mish bilan A-III-1-to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengroq qabr kamerasining tubida kesilgan tor qabrlar amalda uzoq foydalanilganligi hamda A-IV-1- lahadli go‘rlarga dafn qilish turlari Xorazmga xos dafn emasligi isbotlangan;
vohada ijtimoiy-iqticodiy munocabatlarning bocqichma-bocqich murakkablashuvi, ma’naviy madaniyatda turli innovasiyalar hamda yangiliklar uyg‘unligi islom davrida yangi qiyofaga aylanib, Zardushtiylik dini urf-odatlari unga an’analar cifatida o‘tganligi isbotlangan;
Qadimgi Xorazm shaharlari va undagi mahallalariga tegishli qabr yodgorliklarida asosan bir urug‘ (qavmga)ga mansub shaxslarni o‘zlariga tegishli hududga yonma-yon tarzda, ayrimlarini esa yakka holda to‘siq (ograd) tuzilmalari ichiga dafn qilish odat tusiga kirganligi hamda bu odat asrlar davomida bugungi kunda ham mavjudligi dalillangan;
Xorazm vohasining er osti va er usti sag‘ana tipidagi pishgan g‘ishtdan qurilgan qabrlarning kelib chiqishi Mizdahkon, To‘qqal’a, Qrantog‘, Ashirmattepa hamda Qalmiqqirilgan qabriston yodgorliklari misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi Xorazm vohasi aholisining dafn tartiblari va inshootlari (IX-XIII asrlar arxeologik yodgorliklari misolida) mavzusidagi  dissertatsiya  bo‘yicha  qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
vohada ijtimoiy-iqticodiy munocabatlarning bocqichma-bocqich murakkablashuvi, ma’naviy madaniyatda turli innovasiyalar hamda yangiliklar uyg‘unligi islom davrida yangi qiyofaga aylanib, Zardushtiylik dini urf-odatlari unga an’analar cifatida o‘tganligi isbotlangan natijalar “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida “Qadimgi Xorazm ekspozisiyasi” o‘rta asrlar bo‘limi konsepsiyasini, tematik ekspozision tarhini, ekskursiya matnini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 20 maydagi 05-12-10-2551-son ma’lumotnomasi).  Natijada,  mamlakatimizda turistik  salohiyatini  oshirish,  ichki  va  tashqi  turizmni  rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
Qadimgi Xorazmda  er osti va er usti sag‘ana tipidagi g‘ishtli qabrlarning kelib chiqishi hamda Mizdahkon, To‘qqal’a, Qrantog‘, Ashirmattepa hamda Qalmiqqirilgan qabriston yodgorliklaridan olingan natijalar, ilmiy  xulosa  va  tavsiyalaridan  O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O`zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ekspedisiya” teleko‘rsatuvining “vohaning dafn inshootlari” bo‘yicha ssenariysini  tayyorlashda  foydalanilgan  (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 31 maydagi 02-40-860-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar tomoshabinlarni o‘rta asrlar Xorazm tarixi, uning moddiy va ma’naviy  madaniyatiga  doir  yangi  ma’lumotlar  bilan  tanishishga  xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish