Raimov G‘ayrat Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabda fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarni tanlash prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1667.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Allakov Ismail, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qurbanov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarni tanlash prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarini tanlashda va echishda fizika o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligining (faoliyatli, innovatsiyali) tashkiliy–tuzilmaviy komponentlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari amaliyotga yo‘naltirib o‘qitishda imitatsion texnologiyalar (debat, trening)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarning mantiqiy tarkibiy qismlari (noma’lumni bilishga bo‘lgan ehtiyoj, muammoli  vaziyat yaratish, aqliy imkoniyat)ni o‘quvchilarni kreativ faoliyatga imkon beruvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalari orqali qo‘shimcha nostandart laboratoriya ishlarini bajarishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarni tanlash prinsiplari va echish metodikasining  tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (fizika faniga qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatni qaror toptirish asosida takomillashtirilgan;
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalar echishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan psixologik, pedagogik, kreativ, didaktik, texnologik, integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini (variantlarni tanlash va ularni modellashtirish) qo‘llash, interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va didaktik vositalar (nostandart laboratoriya ishlarini bajarish) asosida dars mashg‘ulotlari ishlanmalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarni tanlash prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarini tanlashda va echishda fizika o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligining (faoliyatli, innovatsiyali) tashkiliy–tuzilmaviy komponentlarini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari amaliyotga yo‘naltirib o‘qitishda imitatsion texnologiyalar (debat, trening)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan fizikadan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan majmuani ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 01-01/01-5466-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu o‘quvchilarning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalar echishga oid nazariy bilimi, amaliy ko‘nikmasi, malaka va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarning mantiqiy tarkibiy qismlari (noma’lumni bilishga bo‘lgan ehtiyoj, muammoli  vaziyat yaratish, aqliy imkoniyat)ni o‘quvchilarni kreativ faoliyatga imkon beruvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalari orqali qo‘shimcha nostandart laboratoriya ishlarini bajarishga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Maktab fizika kursida nostandart masalalar echish metodikasi” fani mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89.03-4228-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilariga o‘qitiladigan tanlov fanlari mazmunini boyitishga erishilgan; 
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarni tanlash prinsiplari va echish metodikasining  tizimli-funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti sifatida innovatsion o‘qitishning shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (fizika faniga qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatni qaror toptirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Fizika masala va savollar to‘plami”  o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 2 avgustdagi 257-son buyrug‘i). Natijada, umuta’lim maktablarida fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalarni tanlash prinsiplari va echish metodikasini takomillashtirish mezonlari ishlab chiqilgan;
fizikaning “Mexanika” bo‘limiga doir nostandart masalalar echishda o‘quvchi kreativ faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan psixologik, pedagogik, kreativ, didaktik, texnologik, integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini (variantlarni tanlash va ularni modellashtirish) qo‘llash, interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va didaktik vositalar (nostandart laboratoriya ishlarini bajarish) asosida darslar ishlanmalariga oid taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida bajarilgan YoA5-XT-1-31884 raqamli “Innovatsion ta’lim texnologiyalari sharoitida fizika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 01-01/01-5466-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizika darslarida o‘quvchilarning nostandart masalalarni echishda kreativ fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish