Baybaeva Muxayyo Xudaybergenovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped209.
Ilmiy rahbar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari  doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Akramova Shaxnoza Abrarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining samarali boshqaruv faoliyatini shakllantirish tuzilmasi sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish algoritmini jamoada turli toifadagi xodimlar bilan ishlashga doir ichki va tashqi ijtimoiy jarayonlarning ijtimoiy-pedagogik funksiyalari empirik darajasi bo‘yicha amaliy g‘oyalar ta’sirchanligiga hamda barqaror taraqqiyotga moyilligini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyati jamoada rivojlanish dinamikasiga bo‘lgan ehtiyojlarning ustuvor yo‘nalishini turli vaziyatlarda ijtimoiy bashoratlash funksiyalari orqali sog‘lom va ijodiy muhit integratsiyasini sanogen, patogen fikrlash komponentlariga mos adekvatlik va validlik bo‘yicha takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish modeli mazmunli, diagnostik, kommunikativ hamda loyihalash tashkiliy faoliyat traektoriyalarni strategik tashxislash, xodimlar bilan ishlashda individual-psixologik, pedagogik shart-sharoitdagi imkoniyatlarini produktivlik darajasiga barqaror moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish mexanizmlarining imprinting tamoyillari antropologik, autopsixologik xususiyatlariga muvofiq situativ ta’lim identivligini akmeologik faollikka uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish mezonlari aksiologik munosabatning baholash ko‘rsatkichlarini prognostik, diagnostik, motivatsion, ijodkorlik sifatlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining samarali boshqaruv faoliyatini shakllantirish tuzilmasi sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish algoritmini jamoada turli toifadagi xodimlar bilan ishlashga doir ichki va tashqi ijtimoiy jarayonlarning ijtimoiy-pedagogik funksiyalari empirik darajasi bo‘yicha amaliy g‘oyalar ta’sirchanligiga hamda barqaror taraqqiyotga moyilligini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Barkamol avlod” bolalar maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari malaka oshirish kursi o‘quv rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 03-02/3-5714-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv rejaga “Ta’lim muassasasi rahbar faoliyatiga zamonaviy yondashuv” o‘quv moduli kiritilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyati jamoada rivojlanish dinamikasiga bo‘lgan ehtiyojlarning ustuvor yo‘nalishini turli vaziyatlarda ijtimoiy bashoratlash funksiyalari orqali sog‘lom va ijodiy muhit integratsiyasini sanogen, patogen fikrlash komponentlariga mos adekvatlik va validlik bo‘yicha takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Ta’lim sifatini boshqarish” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 03-02/3-5714-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti rahbarining boshqaruv faoliyati takomillashuviga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish modeli mazmunli, diagnostik, kommunikativ hamda loyihalash tashkiliy faoliyat traektoriyalarni strategik tashxislash, xodimlar bilan ishlashda individual-psixologik, pedagogik shart-sharoitdagi imkoniyatlarini produktivlik darajasiga barqaror moslashtirish orqali takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Ta’lim sifatini boshqarish” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 03-02/3-5714-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti rahbarining boshqaruv faoliyati samaradorligiga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish mexanizmlarining imprinting tamoyillari antropologik, autopsixologik xususiyatlariga muvofiq situativ ta’lim identivligini akmeologik faollikka uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Maktablarda liderlik va STEAM” va xalq ta’limi tizimidagi metodistlar, maktab direktorlari va sinf rahbarlarining malakasini oshirish ta’lim mazmunini takomillashtirish “UPGRADE” ilmiy tadqiqotlarida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 03-02/3-5714-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Ta’lim muassasasi rahbar faoliyatiga zamonaviy yondashuv” o‘quv moduli LMS platformasiga joylashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbarining boshqaruv faoliyatida sog‘lom va ijodiy muhitni yaratish mezonlari aksiologik munosabatning baholash ko‘rsatkichlarini prognostik, diagnostik, motivatsion, ijodkorlik sifatlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 10 dekabrdagi Sirdaryo viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 396-son buyrug‘iga binoan ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy boshqaruvning ilg‘or tajribalari bo‘yicha rahbarlarning boshqaruv faoliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kursi materiallarini yaratishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 03-02/3-5714-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Pedagogik jamoani zamonaviy boshqarish usullari” qisqa muddatli mualliflik kursi tashkil etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish