Axmedova Malika Muxammadovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediadiskurs yangiliklarida kommunikativ texnologiyalarning xususiyatlari (O‘zbekiston va Rossiya bosma va tarmoq nashrlari misolida)”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil283.
Ilmiy rahbar: Muminova Patima Izzatullaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatova Yakutxon Muxammadjonovna, filologiya fanlari doktori; Xalilova Aziza Shamuxutovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangiliklar materialining  kommunikativ texnologiyalari, ularning lingvistik xususiyatlarini bosma va elektron yangiliklar mediadiskursini tashkil etish usullarini, ularning faoliyatini O‘zbekiston va Rossiya bosma va tarmoq nashrlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya va O‘zbekiston (rus tilidagi) nashrlardagi jurnalistik materiallarda lingvistik, stilistik va boshqa xatolar ko‘proq lisoniy kesimda uchrashi, iboralarning jargon, shablon shaklida berilishi media muloqotda muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri nutq strategiyalaridan foydalanishning oldini olishga qaratilganligi aniqlangan; 
jurnalistik faoliyatda yangiliklar materiallarini tayyorlashning mualliflik modalligi va OAVning bosh strategiyasi va manipulyativ ta’sirning namoyon bo‘lish shakli sifatida adresatga ishontirish texnologiyasi yordamida ta’sir o‘tkazish usullaridan maqsadli foydalanish zarurati asoslab berilgan;
bosma va onlayn nashrlarning yangiliklar matnlari mediadiskursni tashkil etishi isbotlanib, uning kommunikativ texnologik tushunchasi ishlab chiqilgan va u o‘z ichiga  lingvistik ta’sir usullarini va jurnalistlar tanlagan kommunikatsion strategiya hamda taktikalar bilan bog‘liq kognitiv tuzilmalarini qamrab olishi dalillangan;
O‘zbekiston va Rossiya ommaviy axborot vositalarida bosma va onlayn matnlar o‘rtasidagi sarlavha komleksi kommunikativ farqlardan iborat ishontirishning asosiy global strategiyasi doirasidagi taktikalar, muallifning sub’ektiv modalligi, baholash va boshqa ekspressiv hamda lingvistik-stilistik vositalaridan foydalanishga taalluqli ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Yangiliklar mediamatnlarini tahlil, tavsif, tasniflash yo‘li bilan olingan natijalar  tadqiqotning turli bosqichlarida joriy qilindi va qo‘llandi:  
Rossiya va O‘zbekiston (rus tilidagi) nashrlardagi jurnalistik materiallarda lingvistik, stilistik va boshqa xatolar ko‘proq lisoniy kesimda uchrashi, iboralarning jargon, shablon shaklida berilishi media muloqotda muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri nutq strategiyalaridan foydalanishning oldini olishga qaratilgan takliflar hamda jurnalistik faoliyatda yangiliklar materiallarini tayyorlashning mualliflik modalligi va OAVning bosh strategiyasi va manipulyativ ta’sirning namoyon bo‘lish shakli sifatida adresatga ishontirish texnologiyasi yordamida ta’sir o‘tkazish usullaridan maqsadli foydalanish zarurati yuzasidan olingan yangiliklardan “Podrobno.uz” Axborot agentligida o‘tkazilgan jurnalistlar kasbiy mahoratini oshirish kurslarida uslubiy material sifatida qo‘llanilgan (“Podrobno.uz” Axborot agentligining 2020 yil 2 noyabrdagi 27-son ma’lumotnomasi). Mazkur kurslar onlayn nashrning yangiliklar matnini yaratish jarayonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kontent sifatini oshirish va axboriy janrlarda jurnalistlar maxorati sayqallanishiga xizmat qilgan; 
bosma va onlayn nashrlarning yangiliklar matnlari mediadiskursni tashkil etishi isbotlanib, uning kommunikativ texnologik tushunchasi ishlab chiqilgan va u o‘z ichiga  lingvistik ta’sir usullarini va jurnalistlar tanlagan kommunikatsion strategiya hamda taktikalar bilan bog‘liq kognitiv tuzilmalarini qamrab olishi dalillanganligiga oid xulosa va takliflardan “O‘zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-metodik elektron jurnali va internet-portal xodimlari uchun o‘tkazilgan “Yangiliklar yozishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi seminarning materiallarini yaratishda foydalanilgan (“O‘zbekistonda xorijiy tillar” internet-portali va ilmiy-metodik elektron jurnalining 2020 yil 10 dekabrdagi 38-son ma’lumotnomasi);
O‘zbekiston va Rossiya ommaviy axborot vositalarida bosma va onlayn matnlar o‘rtasidagi sarlavha komleksi kommunikativ farqlardan iborat ishontirishning asosiy global strategiyasi doirasidagi taktikalar, muallifning sub’ektiv modalligi, baholash va boshqa ekspressiv hamda lingvistik-stilistik vositalaridan foydalanishga taalluqli ekanligi xususidagi tavsiyalar “Pravda Vostoka” nashrining an’anaviy va elektron ko‘rinishlarini shakllantirishda foydalanilgan (“Pravda Vostoka” gazetasining2022 yil 17 yanvardagi 03-son ma’lumotnomasi).  Natijalar jurnalistlar professional faoliyati va nashrning veb-saytida axborot materiallar sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, nashr yangiliklarining lisoniy apparatini boyitishga va atamalarni  ehtiyotkorlik va yuqori  saviya bilan tanlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish