Shadiev Sadulla Samexjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar yuz-jag‘ sohasi o‘tkir va surunkali yiringli yallig‘lanish kasalliklarini davolash samaradorligini oshirish», 14.00.21–Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2144.
Ilmiy rahbar: Azimov Muxammadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar yuz-jag‘ sohasining nospesifik o‘tkir va surunkali yiringli yallig‘lanish kasalliklarini davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar yuz-jag‘ sohasi odontogen yallig‘lanish kasalliklari bilan kasallangan bemorlar soni yildan yilga oshib borayotganligi qayd etilgan, Urgut va Bulung‘ur tumanlaridan kelgan bemorlar soni boshka tumanlardan davolanganlarga nisbatan ko‘p bo‘lganligi aniqlangan;
yuz-jag‘ sohasi nospesifik odontogen yallig‘lanish kasalliklarida lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonining jadallanishi, qondagi to‘yinmagan yog‘ kislotalari miqdorining kamayishi va natijada antioksidant tizimga funksional bosimning oshib borishi aniqlangan;
ilk bor gaz xromatografiyasi usulida mikroblar markerlari aniqlangan va ularni yuz-jag‘ sohasida nospesifik odontogen yallig‘lanish kasalliklari rivojlanishidagi o‘rni boholangan va kasalliklarining asoratlarini erta aniqlash va bashoratlash me’zonlari ishlab chiqilgan;
yuz-jag‘ sohasi nospesifik odontogen yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolashda tibbiy ozon va arpabodiyon efir moyining qo‘llanilishi asoslangan va uning yuqori samara berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar yuz-jag‘ sohasi o‘tkir va surunkali yiringli yallig‘lanish kasalliklarini davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
yuz-jag‘ sohasi yiringli yallig‘lanish kasalliklarini davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Metod korreksii endogennoy intoksikatsii pri flegmonax chelyustno-lisevoy oblasti” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/686-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarni davolashda tibbiy ozon va arpabodiyon efir moyining qo‘llanilishi davolash muddatini o‘rtacha 2-3 kunga kamaytirishga xizmat qilgan;
yuz-jag‘ sohasi o‘tkir va surunkali nospesifik yiringli yallig‘lanish kasalliklarini tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida tuzilgan “Sposob mikrobiologicheskogo monitoringa gnoynoy rani pri flegmonax chelyustno-lisevoy oblasti” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-r/685-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi yuz-jag‘ sohasi flegmonalari bo‘lgan bemorlarni yiringli yarasidagi mikroflorasini yuqori aniqlikda va ekspress tashhislashni amalga oshirishga xizmat qilgan;
yuz-jag‘ sohasi odontogen yallig‘lanish jarayonlari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarkand Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida, Samarkand shaxar tibbiyot birlashmasida amaliyotga joriy kilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyul`dagi 08-19778 son ma’lumotnomasi). Natijada bemorlarni erta tashhislash, davolash taktikasini takomillashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlarning xayot sifatini yaxshilash xamda statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.