Ibragimova Marina Fyodorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda atipik etiologiyali kasalxonadan tashqari pnevmoniyaning davolash va tashxisotini takomillashtirish usullari», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1828.
Ilmiy rahbar: Shavazi Nurali Mamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rabbimova Dil`fuza Toshtemirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning "oilaviy" xarakterga ega ekanligi, kasallikning asta-sekin rivojlanishi, kam miqdorda qiyin ajraladigan balg‘am va bronxoobstruktiv sindrom bilan kechishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
bolalarda shifoxonadan tashqari pnevmoniyada CRO, prokalsitonin ko‘rsatkichlari darajasi tipik pnevmoniyada oshishi, xamda IL-4, IL-6 va TNF-α ko‘rsatkichlarini atipik etiologiyalida yuqori daraja bo‘lishi pnevmoniyaning atipik genezisini erta aniqlashda diagnostik marker ekanligi isbotlangan;
bolalarda atipik pnevmoniyani etiopatogenetik taxlil qilish orqali ishlab chiqilgan tekshirish va individual davolash shkalasini qo‘llash natijasida davolashdagi differensial yondashuvlar samaradorligi asoslangan;
ilk bor Mycoplasma pneumoniae va Chlamydophila pneumoniae bilan bog‘liq atipik pnevmoniyani an’anaviy davo usuliga djozamisin va rezistol preparatlarini ko‘shimcha kiritish orqali kompleks davolash tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniyani diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniya erta tashxislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Bolalarda atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniya diagnostikasini takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-r/868-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniyaning diagnostika usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
bolalarda atipik pnevmoniyani etiologik tekshirish natijasida individual davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chikilgan "Atipik etiologiyali pnevmoniyaga chalingan bolalarda davolash usullarini optimallashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-r/867-son ma’lumotnoma). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniyani davolash taktikasini optimallashtirish imkonini bergan;
bolalarda atipik etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniyani diagnostika va davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliѐtiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali, Samarqand shaxar 3-sonli oilaviy poliklinika va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 08-30209-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bolalarda mikoplazma va xlamidiya etiologiyali shifoxonadan tashqari pnevmoniya bilan og‘riganda tashxislash va yangi takomillashtirilgan davolash uslubini qo‘llash orqali bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va statsionarda davolanish muddatini 1,7 yotoq kunga qisqartirish imkonini bergan.